Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya sobiq bosh vaziri Fiyon to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
Rafiqasini soxta ishga joylashtirgani uchun sud Fransiyaning sobiq bosh vazirini to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qildi. Bundan tashqari, Fransua Fiyon 375 ming yevro jarima to‘lashi kerak.

Foto: Global Look Press/Panoramic
Fransiyaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon rafiqasini soxta ishga joylashtirgani uchun to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Parij apellyatsiya sudi 17 iyun, seshanba kuni shunday hukm chiqardi, shuningdek, uni 375 ming yevro jarimaga tortdi va besh yilga saylovlarda qatnashishni taqiqladi, deb xabar beradi AFP. Prokuratura siyosatchini o‘n yilga saylovda qatnashishni taqiqlashni so‘ragan.
Sudyalar Fiyon rafiqasi Penelopani yillar davomida parlament apparati xodimi bo‘lib ishlashga rasmiylashtirib qo‘yganini isbotladi, lekin u aslida ishlamagan. Bu 2017 yilda, prezidentlik saylovlaridan bir necha oy oldin ommaga ma’lum bo‘ldi, unda Fiyon eng yuqori davlat lavozimiga da’vogarlik qilgan, biroq yuzaga kelgan janjal natijasida u Emmanuel Makronga yutqazib qo‘ydi.
Fransua va Penelopa Fiyon 2022 yilda davlat mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblangan: sobiq bosh vazir to‘rt yil qamoq jazosiga hukm qilingan, shundan uch yili shartli ravishda, rafiqasi esa ikki yillik shartli jazo oldi. Bir yil avval Fransiyaning eng yuqori sud instansiyasi - Kassatsiya sudi ayblov hukmini o‘z kuchida qoldirgan, biroq ayni paytda Fiyonga nisbatan jazo chorasini qayta ko‘rib chiqishni buyurgan edi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

17:31 / 15.07.2025
Renault Fransiya prezidenti uchun zirhli Rafale ishlab chiqardi

15:07 / 15.07.2025
Farg‘onadagi issiqlik tarmoqlari Fransiya ko‘magida yangilanadi

14:47 / 14.07.2025