Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi

Foto: Facebook.com/luvida
Yevropadagi eng yirik arzon aviakompaniya — Ryanair bosh direktori Maykl O’Liri restoranda hazilomuz holatga duch keldi, deb yozmoqda New York Post nashri.
Irlandiyadagi Navan qishlog‘ida joylashgan Luvida restorani xodimlari mashhur mehmonning chekiga «oyoq uchun qo‘shimcha joy» va «yaxshiroq joy uchun to‘lov» ham qo‘shishdi.

O’Liri bu yerda sibas, tost, krevetka va turli ichimliklardan bahra olgan. Biroq asosiy «taom» hisobning o‘zi bo‘ldi: unda «oyoqlar uchun qo‘shimcha joy» — 7,95 yevro, «yaxshiroq joy egallangani uchun to‘lov» — 9,95 yevro, «tinch hududni bron qilish» — 19,95 yevro deb ko‘rsatildi. Jami hisob — 142,30 yevro qilib ko‘rsatilgan.
Taom va xizmatlar to‘liq 142,30 yevroga tushgan bo‘lsa-da, restoran rahbari keyin bu qo‘shimcha haqlarni so‘rashga «yuragi dov bermagani»ni tan oldi. Maykl O’Liri esa hazilni tetik qabul qilib, suratga tushdi va yaxshigina choychaqa ham qoldirdi.

Shu tariqa, restoran jamoasi O’Lirining Ryanair kompaniyasi orqali tanilgan «har bir qulaylik uchun alohida to‘lanadi» siyosatini hazilga oldi. Aytish joiz, bu aviakompaniyada yo‘lovchilar oyoqlar uchun qo‘shimcha kenglik, ustuvorlik bilan samolyotga mindirish, joy tanlash yoki ortiqcha yuk uchun alohida haq to‘laydi.
Ryanair’dagi tizimni real hayotda qo‘llash — restoran uchun qiziqarli PR bo‘ldi, O’Liri uchun esa — ehtimol, bir oz kulgili saboq.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryodan Qoraqalpog‘istongacha: “Teach for Uzbekistan” ta’limda nimalarni o‘zgartira oladi?
O‘zbekiston | 18:16
-
O‘zbekiston MDHning islomiy moliya markaziga aylanish potensialiga ega - ekspertlar bilan suhbat
Iqtisodiyot | 18:06
-
Isroil zarbalari oqibatida Eronning kamida 20 nafar yuqori martabali qo‘mondoni halok bo‘ldi
Jahon | 18:02
-
Toshkentda sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlanadigan Yandex ML School ochiladi
O‘zbekiston | 18:00
Mavzuga oid

14:34
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

22:10 / 13.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi

23:03 / 07.04.2025