«O‘zatom» va «Rosatom» O‘zbekistonda yirik quvvatli AES qurishni muhokama qildi
Yirik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish istiqbollari, jumladan, joy tanlash, texnik-iqtisodiy asoslash va energetika infratuzilmasi borasidagi strategik jihatlar ko‘rib chiqildi.

Foto: O‘zatom
24-25 mart kunlari Toshkentda «O‘zatom» va «Rosatom» vakillari O‘zbekistonda kam va yirik quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati huzuridagi Atom energiyasi agentligi (O‘zatom) xabar berdi.
Uchrashuvda Rossiya tomonidan «Rosatom» yadro energetikasi davlat korporatsiyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, «Atomstroyeksport» AJ prezidenti Andrey Petrov, O‘zbekiston tomonidan esa «O‘zatom» AJ direktori Azim Ahmadxo‘jayev ishtirok etdi.
Uchrashuvda, jumladan, yirik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish istiqbollari, jumladan, joy tanlash, texnik-iqtisodiy asoslash, energetika infratuzilmasini barqaror rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan strategik jihatlar muhokama qilindi.
Muhokamaning asosiy mavzusi O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini (KQAES) qurishning asosiy masalalari bo‘ldi. Loyihaviy ishlarni tashkil etish, yadro yoqilg‘isini yetkazib berish va ekspluatatsion kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanishicha, KQAES loyihalash bosqichida, zarur muhandislik tadqiqotlari va ekspertizalari o‘tkazilmoqda. Tomonlar texnik talablar va jadvallarni kelishish uchun muntazam ravishda uchrashmoqda. Bo‘lajak atom elektr stansiyasi joylashgan hudud stansiya xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun atrof-muhit, jumladan, seysmik faollik monitoringi o‘tkazilmoqda. Loyihaga Osiyo va Yevropadan ilg‘or avtomatlashtirilgan va noyob texnologiyalarga ega xalqaro kompaniyalarni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston tabiiy uran qazib olish va sotish bo‘yicha jahonda yetakchilardan biri sifatida kelajakdagi atom elektr stansiyalarini yoqilg‘i bilan ta’minlash bo‘yicha ulkan salohiyatga ega ekani ta’kidlandi. Mahalliy xomashyodan foydalanish yadro yoqilg‘isi xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi, bu esa AES elektr energiyasi tannarxini pasaytiradi va respublikaning energetik mustaqilligini mustahkamlaydi.
2024 yil 27 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi doirasida «Rosatom» kompaniyasi bilan kam quvvatli atom elektr stansiyasini loyihalash, yetkazib berish va qurish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
KQAES Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Tuzkon ko‘li yaqinida qurilishi rejalashtirilgan. Bu yerda har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor o‘rnatiladi, umumiy quvvati 330 MVt. Poydevorni quyish ishlari 2026 yil ikkinchi choragida rejalashtirilgan. Birinchi reaktor 2029 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan
Jahon | 15:06
-
OAV: Ilon Mask Oq uyda moliya vaziri bilan yoqalashib ketgan
Jahon | 14:55
-
Sirtdan qamalgan prezident, hayit oldidan go‘shtga reyd va qimmatlab ketgan kartoshka
Jahon | 14:04
-
Los-Anjyelesda migratsiya xizmati reydlari tufayli norozilik namoyishlari avj oldi
Jahon | 13:27
Mavzuga oid

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

09:02 / 04.06.2025
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida

22:10 / 01.06.2025
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti

16:09 / 30.05.2025