Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspertlar Fordoga jiddiy zarar yetganini ma’lum qilyapti
AQSh hujumidan so‘ng Eronning Fordo yadroviy inshooti aks etgan sun’iy yo‘ldosh suratlariga asoslanib, ekspertlar u jiddiy shikastlangan yoki vayron bo‘lgan degan xulosaga kelmoqda.

Foto: Planet Labs/dpa/picture alliance
Eronning Fordodagi uran boyitish zavodi jiddiy zarar ko‘rgan yoki hatto vayron bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday bahoni Maxar tijorat kompaniyasi tomonidan olingan obektning sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini ko‘zdan kechirgan bir necha ekspertlar berdi, deb xabar qildi Reuters 23 iyun, dushanbaga o‘tar kechasi.
Tasvirlarda zavodning yerosti qismi tepasida joylashgan deb hisoblangan tog‘ tizmasidagi oltita chuqurlik ko‘rsatilgan bo‘lib, u yerda, aftidan, uranni boyitish uchun sentrifugali yerosti ustaxonalari joylashgan. «Men bu qurilma yo‘q qilingan bo‘lsa kerak, degan xulosaga kelgan bo‘lardim», — deya BMTning yadro quroli bo‘yicha sobiq inspektori, Vashington fan va xalqaro xavfsizlik instituti rahbari Devid Olbraytdan iqtibos keltiradi agentlik.
O‘z navbatida, 22 iyun kuni jurnalistlar bilan suhbatda AQSh shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Den Keyn, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Fordodagi yadro inshooti o‘ta jiddiy zarar ko‘rganini aytdi. Biroq u yerda joylashgan yadroviy inshootlarga zarar yetgani haqida fikr bildirishdan bosh tortdi.
Xabar e’lon qilingan vaqtda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA)da Fordo yadroviy inshootidagi zarar ko‘lami haqida ma’lumot yo‘q edi. Avvalroq, 22 iyun kuni agentlik AQShning Eron yadroviy inshootlariga hujumidan so‘ng radiatsiya darajasi oshgani bo‘yicha belgilarni topmaganini ma’lum qilgandi.
22 iyunga o‘tar kechasi AQSh armiyasi Eronning uchta yadroviy obektiga zarba berdi. B-2 bombardimonchi samolyotlari Fordo zavodiga, ehtimol, o‘n ikkita 13,6 tonnalik bunker bombasi bilan hujum qildi va yana ikkita bunday bomba Natanzga tashlandi. Suvosti kemalari Natanz va Isfaxondagi obektlarga 30 ta «Tomagavk» raketasini uchirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp xalqqa murojaatida Eronning uran boyitish bo‘yicha eng muhim inshootlari yo‘q qilinganini aytdi. Eron AQSh zarbalarini tasdiqladi, biroq obektlarga jiddiy zarar yetmaganini ma’lum qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Eronga bergan zarbalarini qoraladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

19:50
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:31
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

15:28
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

20:08 / 12.07.2025