Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi
Ushbu holatda ko‘zni ishqalamaslik juda muhim, chunki bu usul bilan begona jismlardan qutulishga urinish infeksiya yuqtirishga olib kelishi mumkin.
Bahorda odamlar ko‘pincha ko‘zlariga yot jismlar — chang va loy kirishidan aziyat chekadi. Bundan tashqari, erta bahorda daraxtlarni oqlash paytida ko‘zga ohak tushishi hollari ham tez-tez uchraydi. Rossiyalik ko‘z shifokori Dinara Loova bunday vaziyatda ko‘riladigan choralar haqida ma’lum qildi.
“Mavsumlar almashayotgan paytda tez-tez kuzatiladigan shamolli ob-havoda ko‘zga begona jism kirib qolishi mumkin. Bundan tashqari, qor eriganda shamol ko‘zga chang va tuproqni ham uchirib kelishi mumkin. Ushbu holatda ko‘zni ishqalamaslik (ayniqsa ko‘chada, iflos qo‘llar bilan) juda muhim, chunki bu usul bilan begona jismlardan qutulishga urinish infeksiya yuqtirishga olib kelishi yoki zararlanish maydonini yanada kengaytirishi mumkin. Zudlik bilan ko‘z shifokoriga murojaat qilish lozim. Agar yot jism ko‘zda qotib qolgan bo‘lsa, uni faqat jarroh olib tashlay oladi. Jism chiqarib olingandan so‘ng, yallig‘lanishga qarshi va yarani tuzatuvchi dori-darmonlar tavsiya etilishi mumkin”, — deb ta’kidladi shifokor.
Mart oyida yana bir muammo — daraxtlarni oqlash paytida ohak eritmasining ko‘zga sachrashi kuzatiladi.
“Bu oftalmologlarga yaxshi tanish bo‘lgan, tez-tez uchraydigan va juda xavfli hodisa, chunki bunday eritma ishqoriy bo‘lib, undan kuyish kislotadan kuyishga qaraganda ancha og‘irroq kechadi. Oqibatda bu ko‘rish qobiliyatini butunlay yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Agar ohak ko‘zga tushsa, avvalo quruq salfetka bilan ko‘z yuzasidagi eritmani olib tashlash lozim. Faqat shundan keyingina ko‘zni oqar suv bilan yaxshilab yuvish mumkin. Bundan tashqari, albatta, tez tibbiy yordam chaqirish zarur”, — deya tavsiya qildi shifokor.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
O‘zbekiston | 12:52
-
Qatar bilan yoshlar malakasini oshirish loyihalari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 12:50
-
Germaniya boshpana berishni rad etish tartibini soddalashtiryapti
Jahon | 12:36
-
Son ham, sifat ham yetarli. Legionerlar muhim o‘yinlarga qanday holatda yetib keldi?
Sport | 12:26
Mavzuga oid

21:49 / 03.06.2025
Olimlar mikroplastik inson vujudiga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi

17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

14:43 / 19.03.2025