Global isish nafas olish tizimi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda
Olimlar nafaqat havoning tozaligiga, balki uning namligiga ham e’tibor berishga chaqirmoqda. Namlik pasayishi nafas yo‘llarining yallig‘lanishi xavfini oshiradi.

Foto: Shutterstock
Yerdagi haroratning ko‘tarilishi bir qator hududlarda namlikning pasayishiga olib kelmoqda, bu esa nafas yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Olimlarning aniqlashicha, quruq havodan uzoq vaqt nafas olish yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqarib, astma, surunkali yo‘tal va allergik rinit xavfini oshiradi.
Laboratoriya sinovlarida tadqiqotchilar nafas yo‘llarini qoplab turadigan to‘qima — bronxial epiteliy hujayralariga quruq havo qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bunday sharoitda hujayralar yopishqoq shilliq moddani kam ajratadi va yallig‘lanish haqida xabar beruvchi oqsillar — sitokinlarni yanada faolroq ishlab chiqaradi.
Yana bir tajriba sichqonlarda o‘tkazildi: sog‘lom va nafas olish tizimi kasalliklariga chalingan sichqonlar bir hafta davomida quruq havo ta’sirida qoldirildi. Natijada ularning o‘pkasida immun hujayralari to‘planib qoldi — bu ham yallig‘lanish jarayoni yuzaga kelganidan dalolat beradi.
Yana nimalar ma’lum?
Iqlimga oid prognozlar Yer yuzida havo namligi yanada pasayishini ko‘rsatmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, 2030 yilga kelib nafas yo‘llari qurishi bilan bog‘liq kasalliklar chastotasi ortadi. Bu ayniqsa, ko‘p vaqtini konditsionerli xonalarda o‘tkazadigan odamlar orasida kuzatilishi mumkin.
Tadqiqot mualliflari nafaqat havoning tozaligiga, balki uning namligiga ham e’tibor berishga chaqirmoqda. Ularning fikricha, bu iqlim o‘zgarishi fonida nafas olish muammolarining oldini olishda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28
-
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi
O‘zbekiston | 21:52
-
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ
Jahon | 21:34
-
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

10:37
Dunyodagi mojarolar soni 1946 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

18:47 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi

21:49 / 03.06.2025
Olimlar mikroplastik inson vujudiga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi

17:23 / 14.05.2025