Fransiyalik ayol sun’iy intellekt yordamida o‘zining saratonga chalinganini aniqladi
Ayol o‘zida kuzatilayotgan kasallik belgilarini ChatGPT’ga kiritgan va sun’iy intellekt unga tashxis qo‘ygan.

Foto: Getty Images
Fransiyalik ayol ChatGPT yordamida o‘zining qon saratoniga chalinganini aniqladi, deb xabar beradi Bild.
Qayd etilishicha, Marli Garnrayter ismli ayol otasining vafotidan keyin doimiy terlash, qichima va holsizlikdan aziyat chekkan. Avvaliga u buni boshdan kechirayotgan qayg‘u va tashvishi bilan bog‘lagan. Ammo vaqt o‘tishi bilan kasallik belgilari yo‘qolmagani, aksincha, u vazn yo‘qota boshlagani uchun nimadir noto‘g‘ri qilayotganiga shubha paydo bo‘lgan. Ayol o‘z simptomlarini ChatGPT’ga kiritgan va sun’iy intellekt unga qon saratoni tashxisini qo‘ygan.
«Men bunga shubha bilan qaradim va e’tibor bermadim. Bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas deb o‘yladim», — deydi ayol.
Keyinchalik kasallikning yangi belgilari – doimiy charchoq va ko‘kragida bosim hissi paydo bo‘lgan. Marli nihoyat shifokorga murojaat qilganida, uning chap o‘pkasida shubhali o‘sma aniqlangan. Tashxis: Xojkin limfomasi – qon saratonining bir turi.
«Men butunlay sarosimaga tushib qoldim. Bu haqiqatan ham saraton bo‘lishi mumkin deb hech o‘ylamagandim», — deya hikoya qiladi Marli.
Hozirda u kimyoterapiya kursidan o‘tmoqda. Marlining hikoyasi har qanday kasallik alomatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik muhimligini yana bir bor isbotlaydi.
«Agar organizmingiz sizga nimanidir aytmoqchi bo‘lsa, unga quloq soling», — deya maslahat beradi u.
Ayol har qanday kasallikning dastlabki bosqichlaridanoq tibbiyot xodimlariga murojaat qilishga chaqiradi.
Avvalroq londonlik olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etgandi. Bunda bemorlarning raqamli «egizaklari» yaratiladi va muolaja avval ularda sinab ko‘riladi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

21:08 / 20.06.2025
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin

19:23 / 14.06.2025
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

01:29 / 04.06.2025
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot

15:23 / 25.05.2025