AQSh Suriyaga sanksiyalarni yumshatish uchun shartlar qo‘ydi
Qo‘shma Shtatlar Suriyaning yangi rahbariyatiga talablar ro‘yxatini topshirdi.

Foto: Anadolu Agency
Qo‘shma Shtatlar Suriyaga sanksiyalarni yumshatish uchun Damashq bajarishi kerak bo‘lgan shartlar ro‘yxatini berdi. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib yozdi.
Qayd qilinishicha, AQSh Davlat kotibining Yaqin Sharq va Suriya masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Natasha Francheski Bryusseldagi Suriya donorlari konferensiyasi doirasidagi shaxsiy uchrashuvda Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Hasan al-Shayboniyga talablar ro‘yxatini topshirgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, Amerika shartlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Suriya tomonidan qolgan barcha kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilish va terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish;
- xorijiy isyonchilarga Suriya hukumatida rahbarlik lavozimlarini egallashni taqiqlash;
- Damashq Suriyada o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin g‘oyib bo‘lgan amerikalik jurnalist Ostin Taysni topishda AQShga yordam berishi kerak.
Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, bu talablar evaziga AQSh sanksiyalarni biroz yengillashtiradi, biroq qanday cheklovlar yumshatilishi noma’lum.
Yanvar oyida AQSh Moliya vazirligi Suriyaning yangi rahbariyati bilan bo‘ladigan ba’zi moliyaviy operatsiyalarni, jumladan energiya bilan bog‘liq operatsiyalarni sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashladi.
Fevral oyida Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni yumshatdi. Xususan, muhokamada energetika (shu jumladan, neft, gaz va elektr energiyasi) va transport sohalaridagi cheklovlarni bekor qilish masalalari muhokama qilindi. Suriyaning beshta banki va kompaniyasi sanksiyalardan ozod etildi. Bryussel, shuningdek, «Suriya Markaziy bankiga mablag‘lar va iqtisodiy manbalar taqdim etishga» ruxsat berdi.
Mavzuga oid

23:26 / 25.03.2025
G‘arb sanksiyalari Rossiyani qariyb 500 mlrd dollar daromaddan mahrum qilgani aytilmoqda

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:48 / 25.03.2025
AQSh Rossiya va Ukraina bilan Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi – Oq uy

19:35 / 25.03.2025