Jahon | 22:44 / 30.06.2025
8230
5 daqiqa o‘qiladi

Amerikada vahshiyona lager: ushlangan migrantlarni timsohlar qo‘riqlaydi

AQShning Florida shtatida 5 ming migrantga mo‘ljallangan katta lager qurilmoqda. E’tiborli tomoni lager atrofi suv bilan o‘ralgan bo‘lib, timsohlar suzib yuradi. Prezident Tramp shaxsan bu obekt haqida hali gapirmagan, lekin qurilish federal ruxsati berilgan. Inson huquqlari faollari va ekologlar lager qurilishidan norozi, Oq uy esa rasmiy sahifalarida obektni timsohlar qo‘riqlayotgani aks etgan rasm joyladi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

AQShdan chiqarib yuborilishi kerak bo‘lib, ushlangan migrantlar endi timsohlar qo‘riqlaydigan maxsus lagerga joylashtiriladi. Prezident Trampning Ultra MAGA (Make America great again) dasturi bir qismi sifatida Amerikadagi noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish qizg‘in pallaga kirarkan, vahshiyona tashabbus bilan Florida shtatida katta migrantlar lageri qurilmoqda. Ana shu lager atrofi esa hovuz bo‘ladi va suvda timsohlar suzib yuradi.

NBC News bu haqida xabar berdi. Inson huquqlari himoyachilari va ekologlar esa bu tashabbusdan g‘azabda va iloji boricha bu lager qurilmasligini talab qilishmoqda. Florida shtati gubernatori va prokurori lagerni imkon qadar tezroq qurib bitkazish harakatida. Timsohlar qo‘riqlaydigan lagerni qurish tashabbusi esa NBC News’ga ko‘ra, shtat prokurori Jyeyms Utmayyerga tegishli. Obekt allaqachon norasmiy tarzda “Alligator Alkatras” deb nom olgan. Mahalliy matbuotga ko‘ra, obekt 7 kun ichidayoq to‘liq qurib bitkazilishi kerak. Loyiha qiymati taxminan 450 million dollarni tashkil etadi.

«Alkatras» AQSh tarixidagi eng dahshatli qamoqxona, hozir yopilgan bu obekt o‘ta noinsoniy sharoitlarga ega bo‘lib, hech kim qochib ketolmaydigan qilib qurilgan edi. Migrantlar lageri ham shu qamoqxonaga o‘xshatib qurilyapti.

Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko ko‘rfazida joylashgan Alkatras orolidagi qamoqxonadan 1934-1963 yillardagina foydalanilgan, Qamoqxonani saqlash xarajatlari juda yuqoriligi, inshoot eskirib ketgani va noinsoniy, vahshiyona sharoitlar uni yopishga sabab bo‘lgan. Orolda joylashgani bois uni o‘rab turgan suvlar juda sovuq va kuchli bosimga ega bo‘lgan hamda hech kim u yerdan qochib ketolmagan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Alkatrasda mahbuslar kiyimlarsiz, to‘shaksiz qorong‘ida va o‘ta nam holatda ushlab turilgan. Suv va ovqat deyarli berilmay, ruhiy va jismoniy qiynoqlarga duchor bo‘lishgan. Keyinchalik qamoqxona yopilgach, u haqida turli filmlar ham ishlangan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerdagi mahbuslar aqldan ozib, o‘z joniga qasd qilgan yoki kichik tartibni buzgani uchun oylab izolyatsiyalarda saqlangan.

Migrantlar lageri qurilishini Oq uy ham mana bu postlari orqali tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, ishlar borishini US Department of Homeland Security, ya’ni ichki xavfsizlik departamenti nazorat qilmoqda. Postda “Soming Soon”, ya’ni tez fursatlarda degan yozuv bilan timsohlar qo‘riqlab turgan obekt rasmi joylangan. Sun’iy intellektda shakllantirilgan rasmni departament e’lon qilib, Oq uy qayta joylagan. Timsohlar boshida esa ICE, ya’ni AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati yozuvi tushirilgan bosh kiyimlari ham tasvirlangan.

Faollar bu lager insonlar hayoti va atrof-muhitga zarar yetkazishidan noroziligini e’lon qilgan. Prezident Tramp hali bu obekt haqida o‘z fikrini bildirmadi. Biroq uning administratsiyasidan Ichki xavfsizlik departamenti bu markazni qurib, ishga tushirish uchun kerakli federal ruxsatni berib bo‘ldi.

“Prezident Tramp rahbarligida biz jinoyatchi noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish bo‘yicha amerikaliklarning talabini bajarayotganimizdan faxrlanamiz. Biz Florida bilan hamkorlikda kunlar ichida migrantlar saqlanadigan joylar va inshootlarni kengaytiramiz”, - degan ichki xavfsizlik departamenti kotibi Kristi Noem.

Oq uy e’lon qilgan rasmlar ostiga izoh yozganlarning aksariyati bu tashabbusdan noroziligini bildirgan. Ba’zilar AQShning bu davrini sevdim desa, yana ba’zilar bu akkaunt 5 yoshli bolakay tomonidan boshqariladimi? deb yozgan. Mening to‘lagan soliqlarim ICE’ning timsohlari rasmini sun’iy intellektda yasashga ketyaptimi, hukumatimiz balog‘atga yetmagan, bu juda uyatli, o‘lyapmiz – deb yozganlar ham bor. Yana bir akkaunt foydalanuvchisi esa administratsiyani faqat xalqaro sud to‘xtatishi mumkinligini bildirgan.

Mavzuga oid