JCh-2026 saralashi. Penalti va chetlatish kuzatilgan bahsda O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etdi
JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 7-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi qo‘shni Qirg‘iziston ustidan muhim g‘alabaga erishdi.

«Bunyodkor» stadionida 32 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tgan bahs voqealarga boy o‘tdi. Uchrashuvning kulminatsion voqeasi 24-daqiqada yuz berdi. Hojiakbar Alijonovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun qirg‘izistonliklar futbolchisi Said Datsiyev maydondan chetlatildi va raqiblar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Ammo Eldor Shomurodov penaltidan foydalana olmadi – Erjan Tokotayev zarbani qaytardi.
40-daqiqaga kelib stadion larzaga keldi. Fayzullayevning pasidan keyin Hojiakbar Alijonov kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limning asosiy voqeasi Jaloliddin Masharipovning mug‘ombirlik uchun ogohlantirilgani bo‘ldi. U endi 25 mart kungi Eronga qarshi safardagi o‘yinda maydonga tusha olmaydi.
Temur Kapadze shogirdlari ikkinchi bo‘limda ham bir qator golli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, maydonda 10 kishi to‘p surgan raqiblar darvozasiga boshqa yo‘l topa bilmadi. Shu tariqa, O‘zbekiston 7 o‘yindan keyin 16 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Eron onlayn javdalda 19 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 3-o‘rinda borayotgan BAA hisobida hozircha 10 ochko mavjud. 8-turda Erondagi g‘alaba O‘zbekiston milliy jamoasiga muddatdan avval JCh-2026 yo‘llanmasini taqdim etishi mumkin.
JCh-2026 saralashi. 7-tur
O‘zbekiston – Qirg‘iziston - 1:0
Hakam: Yusuke Araki(Yaponiya)
VAR: Iida Jumpei (Yaponiya)
Gol: Hojiakbar Alijonov, 40
Foydalanilmagan penalti: Shomurodov, 25.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov (19.Zafarmurod Abdurahmatov, 88), 4.Farrux Sayfiyev (23.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 57), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov (11.Ruslanbek Jiyanov, 78), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (6.Akmal Mozgovoy, 88), 14.Eldor Shomurodov, 18.Abdulla Abdullayev, 22.Abbosbek Fayzullayev
Qirg‘iziston: 1.Erjan Tokotayev, 2.Valeriy Kichin (s), 3.Tamirlan Kozubayev, 4.Said Datsiyev, 7.Joel Kojo (18.Qayrat Jirgalbek Uulu, 57), 8.Eldiar Zaripbekov, 12.Odil Abdurahmonov, 14.Aleksandr Mishchenko, 20.Adilet Kanibekov (6.Kristian Brauzman, 46), 21.Kay Merk (5.Arslan Bekberdinov, 79), 23.Erbol Atabayev (10.Guljigit Aliqulov, 46).
Chetlatish: Said Datsiyev, 24 (Q).
Mavzuga oid

13:52
Simulyatsiya va foydalanilmagan penalti - Masharipov va Shomurodovning Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari

00:03 / 28.01.2025
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston - Iordaniya o‘yinida hisob ochilmadi

09:00 / 24.01.2025
«Oq bo‘rilar»da «to‘daboshi» o‘zgardi: Kopa uddalaydimi?

22:19 / 23.01.2025