TikTok o‘smirlar uchun cheklovlarni joriy etmoqda
Xususan, yangi funksiyalardan biri orqali endi ota-onalar farzandining TikTokʼdan foydalanish vaqtini cheklay oladi.

Foto: Pixabay
TikTok ijtimoiy tarmog‘i ota-onalarga o‘z farzandlarining ilovadagi faolligini nazorat qilishga yordam beradigan yangi funksiyalarni joriy etmoqda.
Yangilangan Family Pairing doirasida ota-onalar TikTokʼdan foydalanish vaqtini cheklashi, farzandlari kimga obuna bo‘lgani va kimlarni bloklaganini ko‘rishi, shuningdek, bola videodan shikoyat qilsa, bildirishnoma olishi mumkin.
«Tarmoqdan tashqari vaqt» nomli yangi funksiya ota-onalarga ma’lum soatlarda — o‘qish, oila bilan o‘tkaziladigan vaqt, kechasi yoki dam olish kunlari TikTokʼka kirishni bloklash imkonini beradi. Zarurat tug‘ilganida o‘smir qo‘shimcha vaqt so‘rashi mumkin, ammo qaror baribir ota-ona tomonidan qabul qilinadi.
Yana bir funksiya orqali 16 yoshga to‘lmagan o‘smir soat 22:00 dan keyin TikTokʼka kirsa, uning lentasi yashirib qo‘yiladi, ekranda esa telefonni qo‘yish va dam olishga undaydigan musiqa paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi xabarga e’tibor qaratmasa, ilova uni o‘chirish kerakligi to‘g‘risida qayta ogohlantiradi.
Ijtimoiy tarmoq, shuningdek, o‘smirlar uchun STEM-lentani (ilm-fan va texnologiya kontentiga ega bo‘lim) joriy etadi.
TikTok qonun chiqaruvchilar tomonidan turli bosimlarga duch kelayotgani bois o‘smirlar xavfsizligi uchun yangi xavfsizlik choralarini joriy etmoqda. Kompaniya bir necha bor ijtimoiy tarmoqning bolalarga yetkazishi mumkin bo‘lgan potensial zarari uchun tanqid qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrda Venesuela Oliy sudi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga zarar yetkazuvchi kontent tarqatgani uchun 10 million dollar miqdorida jarimaga tortgandi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Ispaniya va Portugaliyada aprel oyida yuz bergan blekaut sabablari aniqlandi
Jahon | 00:22
-
AQSh Eronning yadro inshootlariga zarba berishi mumkin – OAV
Jahon | 23:48 / 17.06.2025
-
«O‘ldirmaslik buyurilgan». AQSh Isroilga nimanidir taqiqlay oladimi?
Jahon | 23:30 / 17.06.2025
Mavzuga oid

00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

23:52 / 04.04.2025
Tramp TikTokʼning AQShdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytirishini ma’lum qildi

23:40 / 02.04.2025