Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Amazon taklifi keltirilgan maktub AQSh vitse-prezidenti va savdo vaziriga yo‘llangan.

Foto: The New York Times
Amazon kompaniyasi Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok ijtimoiy tarmog‘ining Amerika bo‘linmasini sotib olishga ariza berdi, deb yozmoqda The New York Times.
Qayd etilishicha, taklif AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens va savdo vaziri Govard Lyutnikka maktub shaklida yo‘llangan.
Gazeta suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, TikTok tuzilmasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi muzokaralarda ishtirok etayotgan turli tomonlar Amazon taklifini jiddiy qabul qilmayapti.
Amazonʼning o‘zi mazkur xabarlarga izoh berishdan bosh tortgan.
NYT’ning yozishicha, 2 aprel kuni Tramp Oq uyning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashuv o‘tkazish, TikTokʼning kelajagini muhokama qilishni rejalashtirgan. Potensial bitim ijtimoiy tarmoq kapitaliga amerikalik yangi investorlarni kompaniyani rasman sotmasdan turib jalb etishni o‘zi ichiga olishi mumkin.
2024 yil bahorda AQSh vakillar palatasi TikTok Xitoyning ByteDance kompaniyasidan ajratilmasa, mamlakatda ushbu ijtimoiy tarmoqni taqiqlash imkonini beradigan qonunni ma’qullagan edi. Kongressmenlarning hisoblashicha, TikTok milliy xavfsizlikka tahdid uyg‘otadi, chunki Xitoy hukumati ByteDance’ni ilovaning amerikalik foydalanuvchilariga oid ma’lumotlarni berishga majburlashi mumkin. Aprel oyida hujjat AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolangan, yanvar oyida, Tramp inauguratsiyasidan oldin esa AQSh Oliy sudi mazkur qonunni qo‘llab-quvvatlagan edi.
20 yanvar kuni o‘tkazilgan inauguratsiyadan keyin Tramp AQSh bosh prokuroriga qonunning kuchga kirishini 75 kunga kechiktirishni buyurdi. U TikTok o‘z aksiyalarining 50 foizini Amerika kompaniyalariga topshirsa, AQSh hududidagi faoliyatini davom ettirishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston mudofaa vaziri Hindiston armiyasining hujumini «muqarrar» deb atadi
Jahon | 00:58
-
Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi
O‘zbekiston | 00:24
-
Tramp amaldorlarga Signal messnejyeridan foydalanmaslikni tavsiya qildi
Jahon | 00:13
-
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi
Jamiyat | 23:32 / 28.04.2025
Mavzuga oid

18:36 / 10.04.2025
Amazonʼning sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan raketa parvozi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi

23:52 / 04.04.2025
Tramp TikTokʼning AQShdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytirishini ma’lum qildi

18:11 / 27.03.2025
TikTok egasi Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

16:58 / 26.03.2025