Vens: Kiyev uchun eng yaxshi kafolat - AQShning iqtisodiy manfaati
AQSh vitse-prezidentining ta’kidlashicha, AQShning Ukraina kelajagidan iqtisodiy manfaatdorligi xavfsizlikning «tasodifiy davlatdan kelgan 20 ming askari»dan ko‘ra ishonchliroq kafolatidir.

Foto: Andrew Harnik/Getty Images
Vashingtonning Ukraina kelajagidan iqtisodiy manfaatdorligi uch yildan ortiq vaqt davomida Rossiya harbiy agressiyasini qaytarayotgan davlat uchun xavfsizlikning eng yaxshi kafolati bo‘ladi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vens 3 mart, dushanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Agar siz haqiqiy xavfsizlik kafolatlarini xohlasangiz, agar siz haqiqatan ham (Rossiya prezidenti) Vladimir Putin yana Ukrainaga bostirib kirmasligiga ishonch hosil qilishni istasangiz, u holda eng yaxshi xavfsizlik kafolati amerikaliklarga Ukraina kelajagida iqtisodiy ulush berishdir», — dedi Vens. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xavfsizlik kafolati «30 yoki 40 yildan beri jang qilmagan qandaydir tasodifiy mamlakatdan kelgan 20 000 askardan» ancha yaxshi.
Vens: Zelenskiy Rossiya bilan tinchlikni istamaydi, lekin «majbur bo‘ladi»
Suhbat chog‘ida Jyey Di Vens, shuningdek, Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy «oxir-oqibat» Rossiya bilan tinchlik shartlarini muhokama qilishga rozi bo‘lishiga ishonch bildirdi. Oq uydagi so‘nggi janjal haqida gapirar ekan, AQSh vitse-prezidenti Zelenskiy «hurmatsizlik» va AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan boshlangan «tinchlik jarayonida ishtirok etishni aniq istamasligini» ko‘rsatganini aytdi.
Vensning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishga «hozir tayyor emas». «Ammo menimcha, u oxir-oqibat u yerga etib boradi. U majbur bo‘ladi», dedi respublikachi.
AFP ta’kidlaganidek, Vens bilan suhbat Tramp Ukraina rahbariyati «tinchlik tarafdori» ekanini ko‘rsatmagunicha, Ukrainaga barcha harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yishni buyurganidan oldin yozib olingan.
Vensning qo‘shimcha qilishicha, Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «muzokaralar stoliga o‘tirishi» «juda muhim». U, shuningdek, Kiyevning Yevropadagi ittifoqchilarini tanqid qilib, ularni vaziyatga «real» nuqtayi nazardan qarashga chaqirdi va urush «abadiy davom eta olmasligini» ta’kidladi.
Mavzuga oid

22:00
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37