Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda
Gap RF neftiga qo‘yilgan cheklovlar haqida ketmoqda. Sanksiyalar Rossiya Ukraina bilan tinchlik bitimini tuzishga rozi bo‘lsa, yumshatiladi.

Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan keyin Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yumshatish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, gap xususan, Rossiya neftiga qo‘yilgan cheklovlar haqida ketmoqda. 7 mart kuni Bloomberg o‘z manbalariga tayanib, Tramp ma’muriyatida G‘arb davlatlariga Rossiyadan bir barreli uchun 60 dollardan qimmat narxda sotib olingan neftni tashish va sug‘urtalashni taqiqlovchi «neftning eng yuqori narxi»ni bekor qilish masalasi muhokama qilinayotganini yozgandi.
Manbalarning ta’kidlashicha, sanksiyalarni yumshatish sharti Rossiyaning Ukraina bilan tinchlik bitimini tuzishga roziligidir. 7 mart kuni Donald Tramp agar Moskva Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatib, Kiyev bilan muzokaralarga rozi bo‘lmasa, Rossiyaga «keng ko‘lamli sanksiyalar» bilan tahdid qilgandi.
Undan bir kun oldin esa AQSh prezidenti Rossiya hukumati «tanlov yo‘qligi» bois tinchlik bitimini imzolamoqchi ekani haqida gapirgandi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada ham bundan boshqa yo‘l yo‘q.
Tramp ushbu bayonotlarning barchasini AQSh va Ukraina delegatsiyalari 11 mart kuni Jidda shahrida o‘tkazadigan muzokaralar arafasida bildirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, unda dronlar va uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalar yordamida zarbalar berishni to‘xtatish, shuningdek, Qora dengizda jangovar harakatlardan voz kechish masalalari muhokama qilinadi.
Rossiya Amerika va Yevropa sanksiyalari joriy etilganidan beri neft eksportida «soyadagi flot»dan faol foydalanishga o‘tgan. Uning doirasida RFga rasman bog‘liq bo‘lmagan tankerlar belgilangan narxni chetlab o‘tmoqda. 9 mart kuni AQSh Kanadaning «soyadagi flot»ni kuzatish uchun maxsus guruh tuzish borasidagi taklifini rad etgani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025