CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi
Kiyev va Vashington muzokaralari 11 mart kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tishi kerak. Rossiya TIV vakili esa joriy hafta AQSh vakillari bilan uchrashuv rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

Foto: AP
Donald Tramp ma’muriyati vakillari joriy hafta Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina delegatsiyasi, balki Rossiya tomoni bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda CNN o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv Ukraina muzokaralaridan alohida o‘tkaziladi.
Telekanal muzokaralarda Amerika va Rossiya tomonlaridan kimlar ishtirok etishiga aniqlik kiritmagan. Moskva va Vashington vakillari uchrashuvining aniq sanasi ham ma’lum qilinmagan.
Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova TASSga bergan izohida RF va AQShning Saudiya Arabistonidagi muzokaralarining yangi raundi joriy haftaga rejalashtirilmaganini ta’kidlab, «Amerika tomonidan tegishli ma’lumot olinmagani»ni bildirdi.
Kiyev va Vashington muzokaralari 11 mart kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tishi kerak. Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina vakillari unda Rossiya bilan qisman o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qiladi. U dron va uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalar bilan zarbalar berish, Qora dengizda jangovar harakatlardan voz kechishni o‘z ichiga oladi.
O‘z navbatida Reutersʼning yozishicha, Tramp ma’muriyati vakillari ushbu muzokaralarda Kiyev urushni to‘xtatish uchun hududiy yon bosishlarga qanchalik tayyorligini aniqlash niyatida.
Mavzuga oid

21:44 / 01.06.2025
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

21:17 / 01.06.2025
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

18:51 / 01.06.2025
AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi

14:42 / 31.05.2025