YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi
Londonda Ukraina bo‘yicha o‘tkazilgan sammitdan keyin Ursula fon der Lyayyen mudofaa xarajatlarini oshirish muhimligi haqida gapirdi.

Foto: Flickr
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Yevropa davlatlarini qayta qurollantirishga chaqirdi va yaqin kunlarda bu bo‘yicha tegishli rejani taqdim etishga va’da berdi. Siyosatchi ushbu taklifni Ukraina bo‘yicha Londonda o‘tkazilgan sammitdan keyin ma’lum qildi.
U Yevropa davlatlari yetakchilari bilan o‘tkazilgan muzokaralarni «yaxshi va ochiq munozara», deb atadi. Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga o‘z iqtisodiyoti va armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun «keng qamrovli xavfsizlik kafolati» kerak.
«Biz zudlik bilan Yevropani qayta qurollantirishimiz lozim. Uzoq davrdan beri yetarlicha investitsiya kiritilmaganidan keyin endi uzoq muddatga mudofaa uchun sarmoyani oshirish juda muhim. Yevropa Ittifoqi xavfsizligi uchun bu kerak. Hozir yashayotgan geostrategik muhitimizda biz eng yomoniga tayyor bo‘lishimiz va shuning uchun mudofaani kuchaytirishimiz kerak».
Ursula fon der Lyayyen mudofaa xarajatlarini oshirish uchun soliq siyosati ham o‘zgarishi mumkinligi haqida gapirdi. «YeI davlatlar mudofaa xarajatlarini keskin oshirish uchun kengroq fiksal maydonga muhtoj», — deydi u. Yevrokomissiya raisining so‘zlariga ko‘ra, 6 mart kuni Bryusselda o‘tkaziladigan YeI sammitida bu boradagi tegishli reja taqdim etiladi.
Shuningdek, fon der Lyayyen AQSh bilan dialog borasidagi savolga ham javob qaytardi: «Biz birgalikda demokratiya va hujum qilish, qo‘shningni qo‘rqitish va chegarani kuch bilan o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan qonun ustuvorligi prinsiplarini himoya qilishga tayyormiz».
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi
Jahon | 13:10
-
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti
Jahon | 12:56
-
Britaniya O‘zbekistonda bolalar uchun ijtimoiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
O‘zbekiston | 12:54
Mavzuga oid

18:41 / 02.06.2025
Starmer Buyuk Britaniya «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tayotganini e’lon qildi

12:36 / 02.06.2025
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj

11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi

15:00 / 20.05.2025