Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi
Yevropa Ittifoqi davlatlari Yevropa mudofaasini mustahkamlash uchun 150 milliard yevrolik Security Action for Europe (SAFE) jamg‘armasini yaratishga prinsipial ravishda kelishib oldilar, deb xabar beradi Reuters va FT.

Foto: REUTERS/Jana Rodenbusch
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Yevropa mudofaasini mustahkamlash uchun 150 milliard yevrolik (168,3 milliard dollar) Security Action for Europe (SAFE) jamg‘armasini yaratishga prinsipial kelishib oldilar. Bu haqda 19 may, dushanba kuni Reuters va Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi xabar berdi.
Yevropa Ittifoqi diplomatining Reuters agentligiga aytishicha, Yevropa Komissiyasi tomonidan mart oyida taklif qilingan jamg‘arma birgalikda qarz olish yo‘li bilan moliyalashtiriladi va Yevropa Ittifoqi a’zolari va boshqa mamlakatlarga, xususan, Ukrainaga mudofaasini mustahkamlash va Yevropa qurol sanoatini rivojlantirish tashabbuslari uchun kreditlar ajratadi.
Bryusseldan olingan kreditlar Yevropani qayta qurollantirishga qaratilgan qo‘shma xaridlar orqali qurol tizimlariga sarflanishi mumkin.
Bir necha oy davom etgan muzokaralardan so‘ng, 19 may kuni ertalab bu taklif siyosiy jihatdan ma’qullandi, dedi FT agentligiga uch manba. Rasmiy qaror 21 may kuni e’lon qilinadi, deya aniqlik kiritdi nashr manbalari.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi
Jahon | 20:24
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
Mavzuga oid

14:05
Yevroittifoq Temu'ni raqamli xizmatlar haqidagi qonunni buzganlikda aybladi

13:21
Mers: AQSh va YeI kelishuvining oqibatlari Germaniyaga ta’sir qiladi

14:08 / 28.07.2025
Mers YeI va AQSh savdo bitimini olqishladi

13:43 / 23.07.2025