Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
Yakshanba kuni aksariyat viloyatlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yana sovuq havo kirib kelishi hisobiga harorat asta-sekin pasayadi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning katta qismida dam olish kunlari havo harorati 2–3 darajaga ko‘tarilishiga qaramay, hali ham me’yoriy qiymatlardan past bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Juma kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
1 mart, shanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zan yomg‘ir, qor yog‘adi.
Yakshanba kuni respublikaning aksariyat viloyatlarida (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yog‘ingarchilik bo‘ladi. Markaziy viloyatlarda va respublika janubida kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy va cho‘l hududlarida yana sovuq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati asta-sekin pasayadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yakshanba kuni kechasi –7…–12 darajani, kunduzi –3…+2 darajani, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi –2…+3 darajani, kunduzi 0…+5 darajani tashkil etadi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 28 fevral va 2 mart kunlari ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayadi.
Toshkent shahrida 28 fevral va 2 martda asosan quruq ob-havo kuzatiladi, faqat yakshanba kuni kechqurun yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 10–12 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat 28 fevralda +6…+8 daraja, 1–2 mart kunlari +8…+10 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari –1…+2 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

14:41 / 04.07.2025
Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi

13:06 / 03.07.2025
Iyulda eng issiq harorat kuzatiladigan kunlar ma’lum qilindi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

12:16 / 01.07.2025