Qaysi mamlakatlar harbiy sohaga eng ko‘p mablag‘ sarflaydi?
2000 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda global harbiy xarajatlar 798 mlrd dollardan 2,44 trln dollargacha yoki 3 barobarga ko‘proqqa oshdi. AQSh – harbiy sohaga eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan davlat. Undan keyingi o‘rinlarda Xitoy, Rossiya, Hindiston va Saudiya Arabistoni.

Foto: Sgt. Thiem Huynh/U.S. Army
AQSh prezidentligiga Donald Tramp kelgach mudofaa xarajatlarini qisqartirish tashabbusi bilan chiqa boshladi. Xususan u Ukraina va G‘azo sektoridagi urush tugashi bilan Rossiya hamda Xitoy bilan mudofaa xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish niyatida ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, Tramp Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurollar sonini kamaytirish mavzusidagi muzokaralarni ham qayta tiklamoqchi. Xo‘sh, dunyo mamlakatlari harbiy sohaga qancha pul sarflaydi?
Al Jazeera’ning Stokholm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) tahlillariga tayanib yozishicha, 2023 yilda global harbiy xarajatlari 6,8 foizga ko‘payib, 2,44 trillion dollargacha oshgan. Bu kishi boshiga 306 dollarni tashkil etadi.
Taqqoslash uchun, 2000 yilda jahon harbiy xarajatlari 798 milliard dollar yoki aholi jon boshiga 130 dollar bo‘lgan. O‘tgan 23 yil mobaynida harbiy sohaga ajratilayotgan pul 3 barobardan ko‘proqqa oshgan.
Harbiy budjeti eng katta bo‘lgan mamlakatlar
AQSh – harbiy sohaga eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan davlatdir. SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Qo‘shma Shtatlarning mudofaa budjeti 880 milliard dollarni tashkil etgan. Bu keyingi o‘rinlardagi sakkizta davlatning umumiy xarajatlaridan ham ko‘proq.
Shuningdek, Xitoy (309 milliard dollar), Rossiya (126 milliard dollar), Hindiston (83 milliard dollar) va Saudiya Arabistoni (74 milliard dollar) kabi davlatlarning ham mudofaa budjeti ancha katta hisoblandi.
Harbiy xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan olinganda, eng yuqori ko‘rsatkich Ukrainada – 36,7 foiz. Bu borada YaIMning 8,9 foizini sarflagan Livan ikkinchi, Jazoir (8,2 foiz), Saudiya Arabistoni (7,1 foiz) va Janubiy Sudan (6,3 foiz) esa keyingi o‘rinlarni band qilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

19:18 / 03.07.2025
“Ilon Mask o‘z bizneslaridan xavotirda, Tramp bilan to‘qnashuvini esa kutgandik" - amerikalik tahlilchi

16:57 / 03.07.2025
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi

15:55 / 03.07.2025