Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: AQSh yangi sanksiyalarining yo‘qligi eskilari ta’sirini pasaytiryapti
Donald Tramp Rossiyaga qarshi hech qanday yangi sanksiyalar kiritmadi va Jo Bayden joriy qilgan sanksiyalarni qisman zaiflashtirdi, bu esa Moskvaga taqiqlangan mahsulotlarni sotib olish imkonini berdi, deb yozadi The New York Times.

Foto: TASS
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng Rossiyaga qarshi hech qanday yangi sanksiyalar qo‘llamadi va ba’zi hollarda uning ma’muriyati mavjud cheklovlarni ham susaytirdi. Shunday qilib, Tramp amalda Moskvaga Ukrainaga qarshi urushni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan pul va harbiy mahsulotlarni olishga ruxsat berdi, chunki yangi sanksiyalarsiz mavjud choralar o‘z kuchini yo‘qotmoqda, deb yozadi 2 iyul, chorshanba kuni The New York Times tahlilchilar, shuningdek, savdo va korporativ hujjatlarga tayanib.
Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng, Trampning o‘tmishdoshi Jo Bayden ma’muriyati Rossiyaga har oyda o‘rtacha 170 ta sanksiya kiritdi. Bu bosimning ta’siri pasayishni boshladi, chunki Tramp bu siyosatni davom ettirishdan bosh tortdi va mavjud sanksiyalarni nazorat qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini orqaga qaytardi, bu esa Rossiyaga zarur harbiy mahsulotlarni sotib olishni ancha osonlashtirdi, deb yozadi gazeta.
Xususan, Moskva Rossiyaga mablag‘ o‘tkazish va muhim komponentlarni, jumladan, kompyuter chiplari va harbiy texnikani yangi soxta kompaniyalar orqali olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Amerikalik jurnalistlar Xitoy va Hongkongning o‘zida 130 dan ortiq kompaniyalar Rossiyaga sanksiyalar bilan taqiqlangan chiplarni zudlik bilan yetkazib berishni reklama qilganini aniqladi. Gazeta tomonidan topilgan kompaniyalarning hech biri sanksiya ostida emas va agar ulardan birontasi qora ro‘yxatga tushib qolsa, uning o‘rnini boshqalari egallashga tayyor bo‘ladi, deya ishonch bildirmoqda maqola mualliflari.
To‘qqiz oy oldin Hongkongda ro‘yxatdan o‘tgan HK GST Limited kompaniyasi Rossiya qanotli raketalari uchun zarur bo‘lgan chiplarni, jumladan, rossiyaliklar yaqinda Kiyevga zarba berib, 10 nafar tinch aholini o‘ldirishda foydalangan X-101 uchun chiptalarini sotishga tayyor, deb yozadi NYT. HK GST Limited veb-sayti fevral oyida yaratilgan bo‘lib, hosting ma’lumotlari, domen egalari, kod shablonlari va aloqa ma’lumotlarini tahlil qilish kompaniya va sanksiya ostidagi tovarlarni Rossiyaga jo‘natgan to‘rtta elektronika distribyutori tarmog‘i o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatadi.
«Trampning iqtisodiy siyosatga yondashuvi bosim o‘tkazish, ta’sir kuchiga ega bo‘lish va eng yaxshi kelishuvga erishishga harakat qilishdir», deydi Kolumbiya universitetidagi Global energiya siyosati markazining katta ilmiy xodimi Edvard Fishman. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp negadir Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hech qanday ta’sir o‘tkazishni istamayapti.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Paynet: O‘zbekistonda fintex sohasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 5 yangi xizmat
O‘zbekiston | 17:00
-
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Jahon | 16:57
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
Mavzuga oid

14:08
Mers YeI va AQSh savdo bitimini olqishladi

13:21
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti

11:08
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi

10:28