NASA missiyasi doirasida Oyga qo‘nish moduli uchirildi
Athena moduli Oyga Falcon 9 raketasi bortida uchirilgan bo‘lib, u Oy yuzasiga bo‘lajak missiyalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazadi.

Foto: SpaceX
Amerikaning Intuitive Machines xususiy kompaniyasi AQSh Milliy Aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA)ning IM-2 deb nomlangan missiyasi doirasida Oyga Nova-C — Athena («Afina») qo‘nish apparatini jo‘natdi. 26 fevral, chorshanba kuni kechqurun (mahalliy vaqt bilan) Florida shtatidagi Kanaveral buruni kosmodromidan modul bo‘lgan, Donald Tramp ittifoqchisi Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi havoga ko‘tarildi.
Athena 6 mart kuni Oyning janubiy qutbiga yaqin joylashgan Mons Muton platosiga qo‘nishi kutilmoqda. Modul insonning Oy yuzasiga bo‘lajak missiyalariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazadi.
NASA missiyasi Commercial Lunar Payload Services (CLPS)Oyga yuklarni tijoriy yetkazib berish dasturining bir qismi bo‘lib, o‘n kun davom etishi kutilmoqda.
Athena modulini jihozlash
Athena pilotsiz apparatining balandligi 4,3 metr, diametri esa 1,6 metrni tashkil qiladi. U Yer yo‘ldoshida xomashyo va suvni qidirish uchun mo‘ljallangan. Koinot kemasi Oy yuzasiga bir metrgacha chuqurlikkacha kirib borishga qodir Trident burg‘usi va uchuvchi moddalarni aniqlay oladigan massa-spektrometr bilan jihozlangan. Bundan tashqari, qurilma yonbag‘irlar, tosh va kraterlari bilan murakkab bo‘lgan Oy relefini yengib o‘tishga qodir bo‘lgan «sakrovchi» Grace dronini olib yuradi. Uning vazifasi Oy yuzasini batafsil suratga olish va kraterlarni o‘rganishdir. Athena shuningdek, ikkita rover bilan jihozlangan: Mapp va kichik, ikki g‘ildirakli Yaoki. Modul bortida Nokia tomonidan ishlab chiqilgan uyali aloqa tayanch stansiyasi mavjud.
IM-2 deb nomlangan missiya bir qator kompaniya va tashkilotlarni, jumladan, Germaniya aerokosmik markazi (DLR)ni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid

19:06
Oyga yana bir xususiy kompaniya kosmik apparati qo‘ndi. Ammo missiya 24 soatga bormay yakunlandi

18:13 / 02.03.2025
Xususiy kompaniyaga tegishli kosmik apparat ilk bor Oyga qo‘nishni amalga oshirdi

21:59 / 24.02.2025
NASA va SpaceX xavfli asteroidlarni kuzatuvchi teleskopni uchiradi

17:07 / 19.02.2025