Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Apparat 100 kilometrdan 20 kilometrgacha pastlagan, dvigatelini muvaffaqiyatli yoqqan va vertikal holatini saqlagan. Ammo yakuniy bosqichda aloqa uzilgan.

Foto: India Today
Yaponiyaning iSpace kompaniyasiga tegishli Hakuto-R M2 moduli 6 iyun kuni Oyga qo‘nish vaqtida falokatga uchradi. Missiya jamoasi modul bilan aloqa uzilgani va operatsiyani yakunlash imkoni yo‘qligini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, muhandislar Yaponiya vaqti bilan soat 03:13 da qo‘nishni amalga oshirishga kirishgan. Apparat 100 kilometrdan 20 kilometrgacha pastlagan, dvigatelini muvaffaqiyatli yoqqan va vertikal holatini saqlagan. Ammo yakuniy bosqichda aloqa uzilgan. Tahlillarning ko‘rsatishicha, balandlikni lazer yordamida o‘lovchi qurilma ma’lumotlarni uzilish bilan uzatgan, natijada, modul kerakli xavfsiz tezlikka vaqtida tusha olmagan. Oqibatda «qattiq qo‘nish» yuz bergani taxmin qilinmoqda.
Signallar yo‘qolgach, qayta ishga tushirish uchun jamoa yo‘llangan, ammo aloqani tiklashning imkoni bo‘lmagan. «Muvaffaqiyatli qo‘nish imkoniyati bo‘lmagan sharoitda bizning ustuvor vazifamiz — telemetriya ma’lumotlarini tahlil qilish va sabablarni aniqlashdir. Biz bu borada aksiyadorlar, buyurtmachilar va hamkorlarga hisobot taqdim etamiz», — deydi iSpace bosh direktori Takeshi Hakamada.
Bu iSpace’ning ikkinchi omadsizligi; 2023 yilda ham ularning Hakuto-R moduli Oy yuzasida falokatga uchragan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 09:37
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
-
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025