Hindistonda erkak film oldidan haddan uzoq reklama qo‘ygan kinoteatrni sudga berdi va yutib chiqdi
Unga vaqtini behuda sarflagani va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘lanadi.

Foto: Danish Siddiqui/Reuters
Hindistonning Bangalor shahrida istiqomat qiluvchi 30 yoshli erkak mamlakatdagi eng yirik kinoteatrlar tarmog‘i — PVR Inox’ni sudga berdi. U filmdan oldin haddan tashqari uzoq vaqt reklama namoyish etilganidan norozi bo‘lgan, deb xabar bermoqda The Guardian.
2024 yilning dekabr oyida Abishek do‘stlari bilan kinoga borgan. “Dovyurak Sem” harbiy dramasi 16.05 da boshlanishi kerak edi. Biroq undan oldin kinozalda 25 daqiqa davomida uy-ro‘zg‘or buyumlari, mobil telefonlar va avtomobillar reklamasi, shuningdek, bo‘lajak kartinalar anonsi namoyish etilgan.
Filmdan so‘ng Abishek ishga borishni rejalashtirgandi, ammo u ishga kechikkan. Erkak keraksiz reklamaga shuncha vaqt sarflashga majbur bo‘lganidan g‘azablandi. Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, “arizachi shu kunga belgilangan boshqa tadbirlar va uchrashuvlarda qatnasha olmagan hamda moddiy zarar ko‘rgan.”
Hujjatda, shuningdek, multipleks-kinoteatrlar reklama daromadini o‘z mijozlarining manfaatlaridan ustun qo‘yishi va ularning xohishlariga qarshi reklamani ko‘rishga majburlashi ta’kidlangan.
“Hozirgi zamonda vaqt pul hisoblanadi, har bir insonning vaqti juda qadrli”, — deyiladi sud qarorida. “Ish jadvali tig‘iz bo‘lgan odamlar uni behuda sarflay olmaydi.”
Kinoteatrlar tarmog‘i vakillari o‘zlarini oqlash maqsadida ijtimoiy reklamalarni namoyish etish qonunan majburiy ekanini ta’kidlashdi. Biroq sud filmdan oldin ko‘rsatilgan reklamalarning aksariyati tijoriy xususiyatga ega bo‘lganini aniqladi.
The Guardian ta’kidlashicha, Hindistonda kino eng samarali reklama vositasi sanaladi va uning reklama sohasidagi ulushi tobora ortib bormoqda. G‘arb kinoteatrlaridan farqli o‘laroq, Hindistonda reklama nafaqat seans boshlanishidan oldin, balki filmning o‘rtasida ham namoyish etiladi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
-
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi
O‘zbekiston | 22:06 / 23.06.2025
Mavzuga oid

16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi

12:38 / 23.06.2025
To‘rt nafar instablogerga onlayn qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun chora ko‘rildi

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

13:10 / 18.06.2025