Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalarni bog‘chaga qabul qilishda qanday tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi?

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Bog‘chadagi quvnoq muhit jajji o‘g‘il-qizlarning shaxs sifatida shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ularning jamiyatga tez moslashishi, jismoniy, aqliy va ma’naviy kamoloti bevosita ana shu maskan bilan bog‘liq.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi tegishli qaroriga muvofiq, mamlakatda umumiy turdagi davlat bog‘chalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish yoshi va tartibi esa ushbu maskan tomonidan mustaqil belgilanadi.
Xo‘sh, bu jarayonda ota-onalardan qanday tibbiy ma’lumotnomalar talab etiladi? Mazkur savolga Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh pediatri Dilobar Hidoyatova batafsil javob berdi.
— Bog‘cha yoshi bolalikning eng muhim davri, — deydi mutaxassis. — Shu bois, yurtimizda jajji o‘g‘il-qizlar salomatligini asrash, ular o‘rtasida kasalliklarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, bugungi kunda bolalarni MTMga qabul qilishda ota-onalardan bir nechta tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ayni paytda tug‘uruq komplekslarida chaqaloq dunyoga kelgach, to‘g‘ridan to‘g‘ri ota-onaning yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga olinadi va avtomatik tarzda Davlat xizmatlari markazi orqali maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yiladi.
Bola 3 yoshga to‘lgach, DXM tomonidan ota-onaning mobil telefoniga farzandini bog‘chaga joylashtirish uchun navbati kelgani haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Shundan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi tegishli buyrug‘iga binoan 026-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma olish uchun bola hududiy oilaviy poliklinikada yo‘llanma asosida stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog, oila shifokori tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Umumiy qon va peshob hamda 3 marta gijjaga qarshi laborator tahlillar olinadi.
Qolaversa, bola Milliy profilaktik emlash kalendariga muvofiq virusli gepatit V, sil, poliomiyelit, rotavirus infeksiya, bo‘g‘ma, qoqshol, ko‘kyo‘tal, Xib infeksiya, qizamiq, epidparotit, pnevmokokk infeksiyasi kabi xastaliklarga qarshi vaksina olganligi haqida 063-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma talab qilinadi. Shu bilan birga, ota-onalardan farzandini gepatit A ga qarshi emlash tavsiya etiladi.
Vaksina olishga qarshi ko‘rsatmalar (perinatal holatlar, jarohatlar, infeksion yoki surunkali kasalliklar, avvalgi emlash preparatlariga reaksiyalar yoki asoratlar, dori vositalariga va oziq-ovqatlarga allergik reaksiyalar) bo‘lsa, reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish jarayonlaridan so‘ng emlash tadbirlari o‘tkaziladi.
Agar bolada tserebral falaj, talvasa va epilepsiya sindromi hamda ruhiy xastaliklar aniqlansa, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish tavsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

15:24 / 15.07.2025
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin

11:26 / 12.02.2025
Haydovchilik guvohnomasi uchun kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qanday olinadi?

22:28 / 17.08.2024
Tayvanda bog‘cha tarbiyachisi bolalarga nisbatan «shafqatsiz» zo‘ravonligi uchun 28 yilga qamaldi

23:04 / 03.08.2023