O‘zbekistonda homiylik mablag‘lari yig‘ishning aniq tartibi belgilanmoqda
Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, jismoniy shaxslar faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshi uchun xayriya yig‘ishi mumkin bo‘ladi. Ko‘ngillilar o‘ziga begona bo‘lgan shaxslar manfaati uchun xayriya yig‘ishda faqat e’lon berish orqali ko‘maklashishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Qonunchilik palatasi yig‘ilishida homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Loyiha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasida naqd, naqdsiz va mol-mulk shaklida homiylik mablag‘lari yig‘ishning aniq tartibi belgilanmoqda.
Xususan, endilikda jismoniy shaxslar faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshi uchun xayriya yig‘ishi mumkin bo‘ladi. Ko‘ngillilar o‘ziga begona bo‘lgan shaxslar manfaati uchun xayriya yig‘ishda faqat e’lon berish orqali ko‘maklashadi.
Xayriya qutisi faqat nodavlat tashkilotlar va boshqa homiylik qiluvchi yoki oluvchi yuridik shaxslar tomonidan o‘rnatiladi. Nodavlat tashkilotlar va boshqa homiylik qiluvchi yoki oluvchi yuridik shaxslar naqd pul shaklida xayriyani faqat xayriya qutisi orqali yig‘adi. Xayriya qutisi shaffof idish bo‘ladi, joylashtiriladigan manzil oldindan e’lon qilinadi, uni ochishda guvohlar qatnashadi va bu jarayon videotasvirga olinib, jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Xayriyalarini yig‘ish, xayriya qutilarini o‘rnatish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Xayriya orqali yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirib yuborish holatlari uchrab turadi. Masalan, o‘tgan yili Andijonda birovning bemor farzandi suratini qo‘yib ehson yig‘gan va 25 mln so‘m mablag‘ni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan ayol qo‘lga olingan. Shuningdek, Sirdaryoda jome masjid qurilishi uchun yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxslar ushlangandi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025