Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik Kengashi ilk bor Ukrainadagi urush bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Xavfsizlik Kengashi AQShning Ukrainadagi urushni tezroq tugatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qabul qildi. Unda Rossiya tajovuzkor sifatida ko‘rsatilmagan.

Foto: BMT
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi AQShning «Tinchlik sari yo‘l» rezolyutsiyasini qabul qildi, unda Ukrainadagi urushni tezda to‘xtatish kerakligi aytilgan, ammo Rossiya tajovuzkor sifatida ko‘rsatilmagan. 24 fevral, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda hujjatni Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosidan 10 tasi – xususan, Rossiya, AQSh va Xitoy qo‘llab-quvvatladi. Yana besh davlat, jumladan uning doimiy a’zolari Buyuk Britaniya va Fransiya ovoz berishda betaraf qolgan.
Ukrainada urush boshlanganidan beri birinchi marta BMT Xavfsizlik Kengashi bu haqda rezolyutsiya qabul qila oldi. Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya buni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘lidagi keyingi harakatlar uchun boshlang‘ich nuqta deb atadi.
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi urush yuzasidan ikki xil rezolyutsiya qabul qildi
Kun boshida BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga baho berishda bir-biridan farq qiluvchi ikkita rezolyutsiyani qabul qildi.
Birinchi hujjat Ukraina va Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan tuzilgan. Unda Rossiyaning Ukrainaning bosib olingan hududlaridan zudlik bilan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish va harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri talab bor, bu BMTning avvalroq qabul qilingan qarorlariga mos keladi. Uni 93 davlat qo‘llab-quvvatladi, 65 davlat betaraf qoldi, 18 davlat qarshi ovoz berdi, jumladan, Rossiya va AQSh.
Ikkinchi rezolyutsiya AQSh tomonidan tayyorlangan. Unda Rossiya Federatsiyasining harbiy tajovuzkorligi qoralanmaydi, urush «mojaro» deb ataladi, Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlari, Rossiya Federatsiyasi tomonidan xalqaro huquq normalarining buzilishi yoki mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash zarurati haqida so‘z yuritilmaydi.
Rezolyutsiya loyihasiga Yevropa davlatlari tashabbusi bilan o‘zgartirishlar kiritildi, shundan so‘ng unda Ukrainaning hududiy yaxlitligi va «adolatli tinchlik»ka erishish haqidagi jumlalar paydo bo‘ldi. Hujjatni 93 davlat qo‘llab-quvvatladi. 72 davlat, jumladan AQSh va Ukraina betaraf qoldi. Rossiya qarshi ovoz berdi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

23:01 / 22.07.2025
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi

21:43 / 22.07.2025
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda

14:15 / 22.07.2025
Kiyevda «FSB agenti»ning qo‘lga olinishi: SBU va NABU turlicha baho berdi

13:53 / 22.07.2025