Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tartibi o‘zgardi
Vazirlar Mahkamasining «Bojxona ma’muriyatchiligi tartib-taomillarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Hujjat bilan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, atamalar to‘liq yangilanmoqda. Avvalgi tahrirda 26 ta atamaga ta’rif berilgan bo‘lsa, endilikda ular 15 taga qisqartirildi. Hujjatda quyidagi yangi atamalarga ta’riflar berilgan:
moliya agenti — pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqiga (litsenziya) ega bo‘lgan banklar va boshqa kredit hamda tijorat tashkilotlari;
faktoring — xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish.
Tashqi savdo shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish dalolatnomalarining nusxasi TSOYaEATga biriktirilganda, ishlar bajarilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan deb hisoblanadi.
Moliya agentlari rezident bo‘lganda, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar TSOYaEATga eksport kontrakti bo‘yicha valuta mablag‘larini oluvchi sifatida kiritiladi hamda aktivlarni repatriatsiya qilish to‘g‘risidagi talabning bajarilishini ta’minlash majburiyati mazkur moliya agentlariga o‘tadi.
Moliya agentlari norezident bo‘lganda, aktivlarni repatriatsiya qilish to‘g‘risidagi talabning bajarilishini ta’minlash majburiyati eksport qiluvchida qoladi. Bunda eksport kontraktlari bo‘yicha debitor qarzdorlikni sotib olish shartnomasi asosida norezident moliya agentidan mablag‘ kelib tushganda, aktivlarni repatriatsiya qilish to‘g‘risidagi talab bajarilgan hisoblanadi.
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun moliya agentlari tomonidan ushlab qolinadigan pul talabnomasi summasining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordagi mukofot puli (diskont) debitorlik qarzi sifatida hisobga olinmaydi.
Bunday hollarda tegishli eksport kontraktlaridan tushadigan valuta miqdori moliya agentlarining mukofot puli (diskont) miqdorida kamaytiriladi va yetkazib beruvchilar balansining xarajatlar qismida hisobga olinadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi
Jahon | 19:32
-
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi
Jahon | 19:26
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi

14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi

15:16 / 10.05.2025
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi

08:12 / 29.04.2025