Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
"Sibirskiy ekspress" portali va telegram kanalida "Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Foto: Dunyo
Nashrda Irkutsk viloyati hukumati hududda O‘zbekiston mahsulotlarini ulgurji tarqatish markazlarini yaratish masalasi ustida faol ish olib borayotgani ta’kidlangan.
"Oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste’moli mollari, ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari mahalliy aholi orasida talabga ega. Shu munosabat bilan mahsulot yetkazib berishda vositachilar sonini kamaytirish, ularni saqlash uchun omborxonalar tashkil etish maqsadida savdo-logistika markazlarini yaratish masalasi ishlab chiqilmoqda", – deya Irkutsk viloyati iqtisodiy rivojlanish va sanoat vazirining o‘rinbosari Marina Petrovaning so‘zlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.
Maqolada, shuningdek, Irkutsk viloyati O‘zbekiston tomoni bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilishdan, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishdan manfaatdorligi urg‘ulangan.
Mavzuga oid

14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi

08:12 / 29.04.2025
Mart oyida avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi

09:20 / 18.04.2025
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi

09:51 / 15.04.2025