O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazmoqchi
Uchala mamlakat futbol federatsiyalari Osiyo futbolining bosh turnirini birgalikda o‘tkazish uchun qo‘shma nomzodini ilgari surdi.

Foto: Getty images
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan birgalikda 2031 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazmoqchi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2031 yilda Osiyo qit’asining eng nufuzli futbol turniri bo‘lgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshlagan. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda, o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surgan.
«Bugungi kunda qo‘shni mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo‘shimcha ravishda, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini o‘tadi. Markaziy Osiyo har doimgidek o‘zining mehmondo‘stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislar mehri bilan butun Osiyo e’tiborini qozonishga tayyor», deyiladi xabarda.
24 fevral holatiga 2031 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazish uchun BAA, Indoneziya va Kuvayt ham alohida ariza topshirgan.
2031 yilgi Osiyo kubogi 20-marta o‘tkaziladi, turnirda 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. OFK tomonidan 1956 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan turnir to‘rt yilda bir marta tashkil qilinadi. 2023 yilda musobaqa Qatarda o‘tkazildi. 2027 yilda turnirga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi.
Bunga qadar O‘zbekiston OFK bosh turniriga mezbonlik qilmagan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

20:01 / 09.06.2025
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

16:24 / 05.06.2025
Abbos Fayzullayev Rossiyada Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi

22:02 / 04.06.2025
Hammasi o‘z qo‘limizda, ertaga g‘alaba qozonishimiz shart – Timur Kapadze

23:01 / 17.05.2025