Sport | 16:24 / 05.06.2025
6421
2 daqiqa o‘qiladi

Abbos Fayzullayev Rossiyada Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi

Uning transfer qiymati 8 million yevro - bu mintaqa futbolchilari uchun mutlaq rekorddir.

Foto: Getty images

Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Rossiya ligalarida (Premer-liga va Birinchi liga) to‘p tepayotgan futbolchilarning qiymati haqidagi ma’lumotlarni yangiladi.

Rossiya Premer-Ligasidagi markaziy osiyolik futbolchilar reytingini Moskvaning TsSKA klubidan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Abbos Fayzullayev boshqarib turibdi. Uning transfer qiymati 8 million yevro - bu mintaqa futbolchilari uchun mutlaq rekorddir.

Ikkinchi o‘rinda qozog‘istonlik «Zenit» himoyachisi Nurali Alip (3 million yevro), uchinchi o‘rinda yana bir qozog‘istonlik – «Axmat» klubidan Maksim Samorodov (2,5 million) joy olgan.

«Rostov» klubining tojikistonlik darvozaboni Rustam Yatimov 1,5 million yevro narx bilan to‘rtinchi o‘rinda. O‘zbekistonlik Rustam Ashurmatov («Rubin») va qirg‘izistonlik Guljigit Aliqulov («Torpedo») 5-o‘rinda (har biri 600 ming yevroga baholangan).

Rossiya chempionatining eng qimmat futbolchisi Eduard Spersyan bo‘lib, rossiyalikning narxi 25 million yevroga baholangan. «Krasnodar» yetakchisi birinchi o‘rinni «Zenit» futbolchisi Luis Enrike bilan bo‘lishib turibdi. Kuchli uchlikka «Zenit» yarimhimoyachisi Vendel (Braziliya, 18 million yevro) ham kirdi.

Mavzuga oid