Notarif cheklovlar fonida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqardi
2025 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga yengil avtomobil importi qiymat jihatdan 7 barobardan ko‘proqqa, miqdor jihatdan esa 5,6 barobarga qisqardi. Eng katta kamayish gibrid avtomobillar importida kuzatilgan – 31 barobar. Elektromobillar va benzinli yengil avtomobillar importidagi qisqarish esa mos ravishda 6,7 barobar va 2,5 barobar bo‘lgan.

2025 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga qiymati 31 mln dollarlik 1796 dona yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasining oylik hisobotida keltirilgan.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida 221,4 mln dollarlik 10 ming 152 dona yengil avtomobillar importi amalga oshirilgan. O‘tgan bir yil davomida avtomobil importi qiymat jihatdan 7 barobardan ko‘proqqa, miqdor jihatdan esa 5,6 barobarga qisqargan.
Eng katta kamayish gibrid avtomobillar importida kuzatilgan – 31 barobar. Elektromobillar va benzinli yengil avtomobillar importidagi qisqarish esa mos ravishda 6,7 barobar va 2,5 barobar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 noyabrdan boshlab import qilingan avtomobillarni bojxona hududida emas, Piskentdagi poligonda texnik sinovlardan o‘tkazish boshlangandi. Shuningdek, yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan mashinalar uchun elektromagnit moslashuvchanlik tekshiruvi ham joriy qilindi. Avtopoligonning mavjud quvvati real talabdan bir necha barobarga kamligi import hajmining keskin qisqarishiga ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
-
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 23:19 / 21.05.2025
-
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
Jahon | 23:16 / 21.05.2025
Mavzuga oid

17:54 / 20.05.2025
Utilizatsiya yig‘imi: bizda 3500 dollar, boshqalarda-chi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?

23:20 / 03.05.2025