Hafta oxirida hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda
Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +3…+6 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Yakshanba kuni O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimoli-g‘arbiy hududlaridan tashqari) yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
14–15 fevral kunlari havo harorati +7…+10 darajagacha ko‘tariladi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +3…+6 darajagacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0…+5 daraja bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 fevral, yakshanba kuni ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida juma kuni biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Juma va shanba kunduzi harorat +7…+10 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni +3…+6 darajagacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0…+3 daraja bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston islomshunoslik akademiyasi Abdulloh II nomidagi mukofot bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 15:17
-
«Oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi» – prezident Chiyal dehqon bozoridagi sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatma berdi
O‘zbekiston | 15:13
-
“Navoiyuran” xalqaro reytingini yanada oshirdi
O‘zbekiston | 15:00
-
1 oktyabrdan davlat xizmatchilarining xizmat safarlari va xarajatlarini onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston | 14:57
Mavzuga oid

12:36
To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

12:01
Hafta oxirida harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda

14:08 / 16.06.2025
Hafta davomida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

15:46 / 13.06.2025