Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar mehnat shartnomasi muddati tugagach, mamlakatni tark etishga majbur bo‘lishi mumkin
Chet el fuqarosiga muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin yoki muddatidan oldin bekor qilinganidan keyin 10 ish kuni ichida Rossiya hududini tark etish majburiyati yuklanishi mumkin.

Foto: TASS
Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Leonid Slutskiy boshchiligidagi bir guruh deputatlar mehnat shartnomasi muddati uzaytirilmagan bo‘lsa, xorijliklarning Rossiyani tark etishini talab qiluvchi qonun loyihasi tashabbuskori bo‘ldi, deb yozdi TASS.
«Chet el fuqarosi muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin yoki muddatidan oldin bekor qilinganidan keyin 10 ish kuni ichida Rossiya hududini tark etishi shart. Chet el fuqarosi oxirgi muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagan kundan boshlab 20 ish kunidan kechiktirmay yangi muddatli mehnat shartnomasini tuzgan hollar bundan mustasno», deyiladi qonun loyihasida.
Agar chet el fuqarosi ushbu talabni bajarmasa, o‘z hisobidan deportatsiya qilinishi kerak. Agar mablag‘i bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchining hisobidan deportatsiya qilinishi lozim. Qonun loyihasi yuqori malakali mutaxassis bo‘lgan chet el fuqarolariga taalluqli emas.
Bundan tashqari, qonun loyihasida xorijiy fuqarolar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini bir yil bilan cheklash taklif etilmoqda. Amaldagi mehnat qonunchiligida chet el fuqarolari bilan muddatsiz va muddatli asosda mehnat shartnomalari tuzish imkoniyati nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

16:04 / 22.07.2025
Rossiyada Roza Lyuksemburg jamg‘armasi «nomaqbul» deb e’lon qilindi

15:45 / 22.07.2025
Aliyevning gaplari: Boku – Moskva nizosi yangi bosqichdami?

15:25 / 22.07.2025
London Rossiyaning «soyadagi floti» 135 tankeriga qarshi sanksiya kiritdi

13:26 / 22.07.2025