Mingdan ortiq dorixonada dorilar narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish holatlarni aniqlanganini ma’lum qildi.

Foto: uzpharmagency.uz
FAIR TECH yagona axborot tizimi orqali respublika hududlari kesimida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan referent narxlarning oshirilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringda 1300 ga yaqin dorixonalarda qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Jumladan,
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 88 ta dorixona (38 ta ulgurji va 50 ta chakana);
- Andijon viloyatida 49 ta dorixona (44 ta ulgurji va 5 ta chakana);
- Buxoro viloyatida 50 ta dorixona (7 ta ulgurji va 43 ta chakana);
- Jizzax viloyatida 106 ta dorixona (25 ta ulgurji va 81 ta chakana);
- Qashqadaryo viloyatida 43 ta dorixona (9 ta ulgurji va 34 ta chakana);
- Navoiy viloyatida 118 ta dorixona (30 ta ulgurji va 88 ta chakana);
- Namangan viloyatida 119 ta dorixona (65 ta ulgurji va 54 ta chakana);
- Samarqand viloyatida 182 ta dorixona (72 ta ulgurji va 110 ta chakana);
- Surxondaryo viloyatida 18 ta dorixona (17 ta ulgurji va 1 ta chakana);
- Sirdaryo viloyatida 65 ta dorixona (15 ta ulgurji va 50 ta chakana);
- Toshkent viloyatida 134 ta dorixona (20 ta ulgurji va 114 ta chakana);
- Farg‘ona viloyatida 36 ta dorixona (13 ta ulgurji va 23 ta chakana);
- Xorazm viloyatida 36 ta dorixona (18 ta ulgurji va 18 ta chakana);
- Toshkent shahrida 228 ta dorixona (80 ta ulgurji va 141 ta chakana).
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida 270 mingta holatda jami 11,6 milliard so‘m miqdorida asossiz daromad olingani aniqlanib, ortiqcha olingan pul mablag‘larini iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rilgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20 / 31.05.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31 / 31.05.2025
Mavzuga oid

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:17 / 29.05.2025
Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5,3 mlrd so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi

12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

22:11 / 20.05.2025