Davlat sirlari himoyasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan foydalaniladi
“O‘zbekistonda axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Lampronia Auxilius
Prezident qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
▪️axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini ishlab chiqish tartib-taomillarini takomillashtirish;
▪️davlat sirlarini himoyalashda axborotni kriptografik muhofaza qilish dasturiy vositalaridan foydalanish talablarini belgilash;
▪️axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash muddatini uzaytirish;
▪️xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish tartibini takomillashtirish.
Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, dasturiy axborotni kriptografik muhofaza qilish vositasi (AKMV)dan davlat sirlarini himoyalashda foydalanishga qonunchilik hujjatlari va milliy standartlar, shuningdek, Vakolatli organning idoraviy hujjatlari talablari doirasida ruxsat etiladi.
Bunda dasturiy AKMVdan davlat sirlarini himoyalashda foydalanish to‘g‘risida ularning nusxalari soni va ulardan foydalanish maqsadini ko‘rsatgan holda Vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilish shart.
Axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati besh yil muddatga beriladi.
Xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish to‘g‘risidagi arizaga O‘zbekiston Milliy sertifikatlash tizimida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari AKMV texnik xususiyatlarining batafsil tavsifi, AKMVni ishlab chiqishda va ishlab chiqarishga qo‘yishda xorijiy davlatlarning akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan sinov bayonnomalarining (hujjatlarining) tasdiqlangan nusxalari ilova qilinishi shartligi belgilandi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar
Jahon | 18:29
-
Britaniyalik olimlar ichak tayoqchasini modifikatsiya qilib, plastmassani paratsetamolga aylantirdi
Jahon | 18:24
-
AQSh Oliy sudi migrantlarni uchinchi davlatlarga deportatsiya qilishga ruxsat berdi
Jahon | 17:41
-
Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 17:29
Mavzuga oid

13:53 / 19.04.2025
O‘zbekiston Axborot kodeksini qabul qilish rejalashtirilmoqda

18:01 / 11.04.2025
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida

14:55 / 15.11.2024
DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi

09:57 / 15.06.2024