Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida
Biznes va boshqaruvdagilar tor manfaatlarga erishish uchun internetda ayrim shaxslarni muvofiqlashtirish va yo‘naltirishni o‘rganib oldi, deya ma’lum qildi Oliy Majlis deputati Alisher Qodirov. U bunday axborot loyihalari boshqarib bo‘lmaydigan maxluqqa aylanib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Alisher Qodirov Foto: «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi axborot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Milliy tiklanish siyosiy partiyasi raisi Alisher Qodirov axborot maydonida haqorat va tahqirlashlar og‘ir jinoyatga tenglashtirilishi va jiddiy jazolanishi kerakligini yozib chiqdi.
«Kimgadir adovat sochish uchun «xalq» so‘zidan qalqon yasab olayotganlar ortib bormoqda. Xalq fikrini ifoda qilish huquqi kimga berilgani Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan (10-modda), qolgan hamma o‘z nomidan gapirishi, muhokama, munozara qilishi va oqibatini zimmasiga olishni o‘rganishi kerak», deydi deputat.
Qodirov gapirilgan gaplari uchun «oqibatni zimmasiga olish» deganda bir necha kun oldin o‘zbekistonliklarni haqoratlagani uchun qo‘lga olingan tiktoker Valeriy Yugayni misol keltirgan.
Oliy Majlis deputatining fikricha, biznes va boshqaruvdagilar tor manfaatlarga erishish uchun ayrim shaxslarni internet tarmog‘ida muvofiqlashtirish va yo‘naltirishni o‘rganib olgan va buning oqibatlari og‘ir bo‘ladi.
«Afsuski, juda yomon tajriba, biznes va boshqaruv tor manfaatlarga erishish uchun shaxsiyat va farosatda majruhlarni internet tarmog‘ida muvofiqlashtirish va yo‘naltirishni o‘rganib oldi. Qonunlar bunday manipulyatorlarni to‘xtatishi, kim bo‘lishidan qat’i nazar keskin chora ko‘rishi kerak (tavsiya qilaman, «Nulevoy den» teleserialini ko‘rib chiqing).
Bunday axborot loyihalari vaqti bilan boshqarib bo‘lmaydigan maxluqqa aylanib ketib, birinchi navbatda mualliflari, keyinchalik, minglab yosh-u qari, katta-yu kichikni xonavayron qilishi mumkinligini Ukraina inqirozi yaqqol ko‘rsatib bermadimi?»
Shu sababli Alisher Qodirov boshchiligidagi Milliy tiklanish partiyasi erkinlik bahonasida madaniyat chegaralarini buzadiganlarga jazo kuchaytirilishini taklif qilmoqchi.
«Internet daromad ko‘rish bilan birga shaxsiy qarashlarni izoh qiladigan maydon ekani, albatta, yaxshi, bu so‘nggi davrning eng foydali kashfiyotlaridan biri, buni olqishlaymiz. Lekin erkinlik ekan deb tartib va madaniyat chegaralarini buzadigan beboshlar bilan murosani to‘xtatish kerak. «Milliy tiklanish» partiyasi bu masalada qonunga taklif tayyorlab, jamoatchilik bilan muhokama qilmoqchi», — deyiladi deputatning postida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

16:59 / 13.05.2025
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi

13:53 / 19.04.2025
O‘zbekiston Axborot kodeksini qabul qilish rejalashtirilmoqda

19:04 / 15.04.2025