Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik olimlar ichak tayoqchasini modifikatsiya qilib, plastmassani paratsetamolga aylantirdi
Texnologiya bir vaqtning o‘zida ikkita global muammoni hal qiladi: plastmassa chiqindilari va paratsetamolni zararsiz ishlab chiqarish.

Foto: EPA
Britaniyalik tadqiqotchilar plastik ifloslanishga qarshi kurashish usulini ishlab chiqdi – ular modifikatsiyalangan ichak tayoqchasi orqali chiqindilarni paratsetamolga aylantirdi. Bu haqda Nature jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytiladi.
Edinburg universiteti olimlari guruhi 1872 yildan beri ma’lum bo‘lgan Lossen kimyoviy reaksiyasi tirik bakteriya hujayralarida muvaffaqiyatli davom etishini aniqladi.
Kashfiyotning mohiyati shundan iboratki, tabiiy ravishda bakteriya hujayralarida mavjud bo‘lgan fosfat ionlari bu reaksiyani toksik metall katalizatorlarsiz va yuqori haroratlarsiz katalizlashi mumkin.
Olimlar genetik jihatdan o‘zgartirilgan ichak tayoqchasini oldi, u mustaqil ravishda o‘zi uchun muhim modda bo‘lgan para-aminobenzoy kislotasini ishlab chiqara olmaydi. Bakteriyalar qayta ishlangan plastmassadan olingan maxsus substratni olganda, uni ushbu kislotaga aylantiradi va faol ko‘payishni boshlaydi.
Jarayon polietilentereftalatdan tayyorlangan oddiy plastik idishdan boshlanadi. Plastmassa tereftalik kislotaga parchalanadi, so‘ngra biologik reaksiya uchun substratga kimyoviy modifikatsiya qilinadi. O‘zgartirilgan bakteriyalar uni para-aminobenzoy kislotasiga aylantiradi, keyin esa maxsus fermentlar tomonidan paratsetamolga qayta ishlanadi. Optimal sharoitlarda tayyor dori asl substratning 92 foizini tashkil qiladi.
Olimlarning yozishicha, texnologiya bir vaqtning o‘zida ikkita global muammoni hal qiladi. Har yili insoniyat 56 million tonna PET plastmassa ishlab chiqaradi, ularning aksariyati chiqindilarga aylanadi. Paratsetamol dunyodagi eng mashhur dorilardan biri bo‘lib, hozir neft mahsulotlaridan ishlab chiqariladi. Yangi usul esa xona haroratida va zararli kimyoviy moddalarsiz chiqindidan dori olish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sharof Rashidov tumani hokimi pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 20:32
-
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi
Jahon | 20:28
-
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi
Jahon | 20:09
-
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda
Jahon | 20:09
Mavzuga oid

14:47 / 01.07.2025
So‘nggi 2,5 yilda tabiatga salkam 1 trln so‘m zarar yetkazildi

15:09 / 03.06.2025
2030 yilgacha 1,5 million gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

21:00 / 17.05.2025
«Yangi daraxt – yangi nafas» respublika ekochempionati o‘tkaziladi

07:35 / 25.04.2025