Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdurahmon Tashanov o‘ziga bosimlar boshlanganini ma’lum qildi
Huquq faoli 26 yanvar kuni Toshkent aeroportida pasporti olib qo‘yilib, o‘ziga haqoratomuz munosabat qilinganini aytgan. Avvalroq Tashanov o‘zi haqida kompromat yig‘ishga urinishayotgani haqida xabar qilgandi.

Foto: Kun.uz
«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov so‘nggi vaqtlarda o‘ziga nisbatan turli bosimlar oshib borayotganini ma’lum qildi.
Xususan, 26 yanvar kuni Hindistonga uchayotganida, Toshkent xalqaro aeroportida uning pasportini olib qo‘yib, 1 soatdan ortiq ushlab turishgan hamda haqoratomuz munosabatda bo‘lishgan.
«Dehliga juda yomon kayfiyatda uchyapman. Aeroportda narsalarimni titib tashlashdi, pasportimni olib qo‘yib, bir soatdan ortiq ushlab o‘tirishdi. Yechintirib, chotimgacha tekshirishdi. O‘ta haqoratomuz munosabatda bo‘lishdi. Kimga shikoyat qilaman, hatto bilmayman.
Aeroport xodimlarining yuz-ko‘zida xijolatchilik sezdim. «Aka, xizmatchilik, sizni taniymiz» deyishdi. Bunaqangi haqoratomuz munosabatdan so‘ng ortga qaytmoqchi bo‘ldim, sherigim shashtimdan qaytardi. Sharafsizlar.
Huquq himoyachisi bo‘la turib, o‘zgalar huquqini himoya qilib, sharafsizlar oldida ojiz qoldim. Sog‘lig‘imga putur yetdi, o‘tgan hafta shifoxonadan chiqqandim. Ming la’nat!» — deb yozgan huquq faoli.
Abdurahmon Tashanov 24 yanvar kuni o‘zining Facebook’dagi sahifasiga muqobil ravishda kirish holati aniqlangani haqida yozgan edi.
Shuningdek, Tashanov 22 yanvar kuni o‘zi haqida kompromat yig‘ishga urinayotganlar borligi hamda bu borada bir necha xatlar olganini yozgan edi.
«G‘amxo‘rlarimizning biz haqimizda kompromat yig‘ishga urinayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Kecha bu borada bir necha xatlar oldim. Nazarimda, nimadir qilishmoqchi, qandini ursin. Bu soyalar va qoyalar kurashi, qurbon bo‘lsak, achinmayman», – degan Tashanov o‘z postida.
Abdurahmon Tashanov O‘zbekistondagi mustaqil «Ezgulik» inson huquqlari jamiyatining rahbari hisoblanadi. U muntazam ravishda jamiyatdagi turli siyosiy-ijtimoiy mavzularda mahalliy va xorijiy OAVda chiqishlar qilib boradi. Shuningdek, u rahbarligidagi tashkilot sud va tergov jarayonlarida fuqarolarning murojaatlari asosida qatnashib keladi.
2024 yil 10 dekabr kuni Parij shahrida «Ezgulik» inson huquqlari jamiyatiga Fransiya adliya vaziri Didiye Migo Inson huquqlari bo‘yicha «Ozodlik, tenglik, birodarlik» mukofotini topshirgan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
-
Suriyada yana guruhlar orasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil vaziyatga aralashdi
Jahon | 21:50
-
Germaniyalik yigit operatsiyalar yordamida oyoqlarini 24 santimetrga uzaytirdi
Jahon | 21:45
-
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi
Jahon | 21:41
Mavzuga oid

18:39 / 27.06.2025
Davlat idoralarining omma bilan normal muloqot qilish tajribasi yo‘q - media olami vakillari bilan suhbat

09:51 / 26.06.2025
Qonunchilik palatasida muxolifatning kafolatli huquqlari kengaymoqda

20:15 / 12.06.2025
Pasayishlar ko‘tarilishlardan ko‘p: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgaryapti?

12:02 / 24.05.2025