Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyalik yigit operatsiyalar yordamida oyoqlarini 24 santimetrga uzaytirdi
23 yoshli yigit bo‘yi 171 sm bo‘lganidan juda uyalgan va o‘zini pakana deb hisoblab kelgan. Shu bois u ikki yil davomida oyoqlarini uzaytirish bo‘yicha ikkita operatsiyani boshdan o‘tkazgan.

Foto: Instagram
Germaniyada bo‘yi pastligi sabab tushkunlikda yurgan Leon Otremba operatsiya orqali oyoqlarini uzaytirishga qaror qildi. Ikki yil ichida uning bo‘yi 24 santimetrga o‘sdi, ammo endi uning hayoti kuchli og‘riqlar bilan davom etmoqda, deb yozadi Metropoles.
Qayd etilishicha, 23 yoshli Otremba bo‘yi 171 santimetr bo‘lganidan juda uyalgan, u o‘zini pakana deb hisoblab kelgan. Shu bois u ikki yil davomida oyoqlarini uzaytirish bo‘yicha ikkita operatsiyani boshdan o‘tkazgan va hozirda uning bo‘yi 195 santimetrni tashkil etadi.
Birinchi operatsiya 2023 yilda amalga oshirilgan. O‘shanda metall sterjenlar va tashqi fiksator yordamida Leonning son suyaklari 10 santimetrga uzaytirilgan. Suyaklarni sekin-asta cho‘zish uchun konstruksiya har kuni 1 millimetrga tortilgan. U operatsiya joyi yallig‘lanmasligi uchun muntazam tekshiruvdan o‘tib turgan.
Ikkinchi operatsiya 2025 yil boshlarida o‘tkazilgan. Bu safar uning boldir suyaklari klik-tizimli ichki mexanizm yordamida uzaytirilgan. Leonning ta’kidlashicha og‘riq u qadar kuchli bo‘lmagan, ammo operatsiyadan keyin o‘zini tiklab olishi uchun oylar kerak bo‘lgan. Yigit hatto yurishni qaytadan o‘rgangan.
O‘z navbatida ortopedlarning ogohlantirishicha, bu kabi operatsiyalar inson sog‘lig‘iga katta xavf tug‘diradi. Luchano Miller ismli shifokorga ko‘ra, oyoqlarni uzaytirish faqat tibbiy ko‘rsatkichlar, masalan, tug‘ma kasalliklar holatida amalga oshirilishi lozim. Uning ta’kidlashicha, shifokorlar aralashuvi mushaklarga ta’sir ko‘rsatadi va tana biomexanikasini buzadi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 13:02
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
Mavzuga oid

11:56
Bloomberg: Germaniya 2029 yilgacha harbiy budjetini ikki baravar oshirmoqchi

19:16 / 28.07.2025
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi

08:59 / 28.07.2025
Germaniya hozircha Falastin davlatini tan olish niyatida emas

08:22 / 28.07.2025