So‘rovnoma: O‘zbekistonliklar 2024 yilda sog‘lig‘i uchun qancha pul sarfladi?
O‘tgan 2024 yil davomida o‘zbekistonliklar sog‘lig‘i uchun qancha pul sarfladi, qaysi shifokorlarga ko‘proq murojaat qildi? Kun.uz shu mavzuda poytaxtda kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

2024 yil davomida O‘zbekistonda aholi sog‘ligiga necha so‘m sarflaganini bilish uchun Kun.uz Toshkent shahrida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda 20 dan ortiq kishi qatnashdi. Ishtirokchilar 20-60 yosh oralig‘ini tashkil qilgan.
Ishtirokchilar 1 yilda sog‘lig‘i uchun 200 ming so‘mdan 8 million so‘mgacha sarflaganlarini aytishdi. Qatnashchilarning ko‘pi 1-2 million atrofida pul sarflagan. Shuningdek, so‘rovnomada qatnashganlar orasida yil davomida shifokorga bormagan, dori-darmon olmaganlar ham bor.
So‘rovnomaning ikkinchi qismida aholidan yil davomida qanday kasal bilan og‘rigani va qaysi shifokorga borgani so‘ralgan. Unda 20 yoshlar atrofidagi aksar ishtirokchi stomatologga borganini aytsa, 50 yoshdan oshganlaring ko‘pi, qandli diabet bilan kasallangani, yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘riganini bildirgan.
Shuningdek, ular orasida, gastroenterolog, endokrinolog, lor va oftamologga borganlar ham uchraydi.
To‘liq so‘rovnoma bilan videoda tanishishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil boshida Kun.uz Toshkent shahrida so‘rovnoma o‘tkazib, ishtirokchilardan antibiotik olgan yoki yo‘qligi; agar olgan bo‘lsa, qaysi hollarda va qanday antibiotiklar ekani haqida so‘ragandi. So‘rovnomada 30 dan ortiq 18-60 yosh oralig‘idagi aholi qatnashgan. Ularning 30 yoshgacha bo‘lgan 10 nafari 5-8 martagacha antibiotik olganini aytdi. Yana 30 yoshdan yuqori kishilar 3-4 marta, 50 yoshdan yuqorilar esa 1 marta yoki umuman olmaganini ma’lum qildi. Bu raqamlardan butun O‘zbekistonda aholi antibiotikdan shunday foydalanadi deb tushunmaslik kerak, chunki hududlarda antibiotikdan foydalanish poytaxt aholisidagidan ancha ko‘proq ekani ehtimoli yo‘q emas.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 84 falastinlik halok bo‘ldi
Jahon | 07:48
-
Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy jinoyatlarda aybladi
Jahon | 07:47
-
Eron: Isroil hujumlarida 606 kishi halok bo‘ldi, 5332 kishi jarohat oldi
Jahon | 07:44
-
BMT bosh kotibi Eron va Isroilni otashkesimga rioya qilishga chaqirdi
Jahon | 07:24
Mavzuga oid

13:41 / 27.05.2025
Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?

13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi

11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

10:18 / 22.05.2025