Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari
Andrey Belousovning Toshkentga tashrifi vaqtida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy-strategik hamkorlik dasturi imzolandi. Tomonlar 2025 yilda 50 ta qo‘shma tadbir o‘tkazmoqchi.

Foto: Mudofaa vazirligi
22 yanvar kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general mayor Shuhrat Xolmuhamedov rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston tomonining xabar berishicha, uchrashuvda delegatsiya rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining mudofaa sohasidagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.
Shuningdek, mudofaa vazirlari tomonidan ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi 2025 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturi imzolandi.
Rasmiy qabuldan so‘ng Rossiya mudofaa vazirligi delegatsiyasi «G‘alaba bog‘i» hamda «Shon-sharaf» davlat muzeyiga tashrif buyurgan.
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousov, shuningdek, 22 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda Rossiya mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
«O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2024 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi», — deyiladi xabarda.
Rossiya tomoniga ko‘ra, Andrey Belousov va O‘zbekiston prezidenti o‘rtasidagi uchrashuvda, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari ham muhokama qilingan va Markaziy Osiyodagi harbiy-siyosiy vaziyatga baho berilgan.
Rossiya mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Belousov Rossiya va O‘zbekiston eski do‘stlar va strategik hamkorlar ekanini qayd etgan.
«Rasmiy Moskva va Toshkent o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro tushunishning yuqori darajasiga chiqdi va kengayishda davom etmoqda. Bu zamonaviy xalqaro vaziyatda juda muhim. Ikki davlat rahbarlari kuch tuzilmalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga katta e’tibor bermoqda. Bizning hamkorlikdagi harakatlarimiz Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun biz bugungi uchrashuvga katta ahamiyat beramiz», degan Belousov.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya delegatsiyasi tarkibida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik uchun mas’ul tashkilot rahbarlari ham kelgan.
Rossiya tomoniga ko‘ra, O‘zbekiston-Rossiya mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi 2025 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi turli yo‘nalishlardagi 50 ta qo‘shma tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
«Mamlakatlarimiz mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Rossiya Federatsiyasi bilan mudofaa va mintaqaviy xavfsizlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikning erishilgan darajasini yuqori baholaydi va uni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Ikki davlat prezidentlarining siyosiy irodasi va shaxsiy do‘stona munosabatlari tufayli Rossiya va O‘zbekiston strategik sherikligi sifat jihatidan yangi bosqichiga ko‘tarildi», - deya general mayor Shuhrat Xolmuhamedovning so‘zlarini keltirmoqda Rossiya tomoni.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

16:04 / 22.07.2025
Rossiyada Roza Lyuksemburg jamg‘armasi «nomaqbul» deb e’lon qilindi

15:45 / 22.07.2025
Aliyevning gaplari: Boku – Moskva nizosi yangi bosqichdami?

15:25 / 22.07.2025
London Rossiyaning «soyadagi floti» 135 tankeriga qarshi sanksiya kiritdi

13:26 / 22.07.2025