Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Starship raketasining yettinchi parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
SpaceX kompaniyasi tarixdagi eng kuchli raketa Starship raketasining yettinchi sinovini o‘tkazdi. Yuqori pog‘ona portladi, lekin Super Heavy'ning birinchi ko‘p martalik moduli Yerga qaytdi.

Foto: SpaceX/AFP
Tarixdagi eng kuchli va eng og‘ir raketa Starship'ning yettinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda 16 yanvar, payshanba kuni SpaceX kompaniyasi xabar berdi.
Yuqori pog‘ona portladi, pastki qismi yerga qaytdi
Raketa Texasning Boka-Chika shahridagi kosmodromdan uchirilgan. Super Heavy'ning qayta foydalanish mumkin bo‘lgan birinchi bosqichi kemani orbitaga olib chiqdi, shundan so‘ng u Yerga qaytib, uchirish maydonchasiga qo‘ndi. Yuqori pog‘ona osmonda ajralib chiqdi, barcha oltita Raptor dvigatellari yondi. Ammo keyin kema bilan aloqa uzilib, u quladi.
«Ajralganidan so‘ng, Starship yuqori pog‘onasi barcha oltita Raptor dvigatelini muvaffaqiyatli yoqdi va kosmosga ko‘tarilish uchun tayyorlandi. Uchirish tugashidan oldin, parvozning taxminan 8,5 daqiqasida u bilan telemetriya yo‘qoldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kemaning orqa qismida yong‘in sodir bo‘lgan, bu esa chiqindilarning Atlantika okeaniga tushishi bilan tez, rejalashtirilmagan parchalanishga olib keldi», deb xabar berdi milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi. Uning qayd etishicha, ular hozirdanoq halokat sabablarini o‘rganib, sakkizinchi parvozga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kema dvigatelining himoya devori ustidagi bo‘shliqda kislorod/yonilg‘i sizib chiqqan. Bu ventilyatsiya teshigi sig‘imidan oshib ketadigan bosim hosil qilish uchun yetarlicha katta edi. Sizib chiqish bo‘yicha ikki marta tekshirishdan tashqari, biz bu hajmni bostirish uchun o‘t o‘chirish tizimini qo‘shamiz, ehtimol, ventilyatsiya teshigining maydonini ko‘paytiramiz», dedi Mask. Uning so‘zlariga ko‘ra, sakkizinchi sinov parvozi yaqin oylarda bo‘lib o‘tadi.
Starship — tarixdagi eng katta raketa
Starship — tarixdagi eng katta va eng kuchli raketa. SpaceX ma’lumotlariga ko‘ra, kema odamlar va yuklarni Yerning past orbitasiga, Oy va Marsga yetkaza oladi. Tizimning umumiy taxminiy yuk ko‘tarish quvvati 150 tonnani tashkil qiladi.
Qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Starship tizimi 70 metrli Super Heavy birinchi pog‘onasi va qo‘shimcha dvigatellarga ega 50 metrlik Starship kosmik kemasidan iborat.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
Mavzuga oid

12:30 / 12.07.2025
Ukrainada Germaniya hisobidan uzoq masofali raketalar ishlab chiqariladi

11:08 / 30.06.2025
Xitoy elektr tamoqlarini ishdan chiqaradigan raketaning «yangi turi»ni namoyish etdi

21:25 / 10.06.2025
Xitoyda raketa yordamida tovarlarni yetkazib berish texnologiyasi sinovdan o‘tkazildi

15:00 / 05.06.2025