Starship raketasi ketma-ket ikkinchi marta sinov paytida portladi
SpaceX kompaniyasi kema boshqaruvining yo‘qotilishiga uning orqa qismidagi «energetik hodisa» sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

SpaceX kompaniyasining Starship koinot kemasi navbatdagi sinov paytida yana portladi. Kompaniya 6 mart kuni Texasning Boka-Chika shahridagi bazasidan navbatdagi sinov parvozini amalga oshirdi. Oldingi sinov ham muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.
6 mart kungi parvoz Starship chidamliligini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan edi, deb xabar berdi CNN. Yanvar oyidagi muvaffaqiyatsiz sinovdan so‘ng kompaniya keyingi avlod raketalariga yong‘in chiqishining oldini olish uchun yangilangan shamollatish tizimlari o‘rnatilishini aytgan edi.
Super Heavy raketasining qayta foydalanish mumkin bo‘lgan birinchi qismi uchirish maydonchasiga muvaffaqiyatli qaytarildi. Biroq uchirilgandan taxminan 9,5 daqiqa o‘tgach, SpaceX kompaniyasi Starship bilan aloqani yo‘qotdi, deyiladi kompaniya bayonotida.
Starship kemasida bir nechta dvigatellar o‘chib qoldi, u tartibsiz aylana boshladi va keyin portladi. SpaceX kompaniyasi kema boshqaruvining yo‘qotilishiga uning orqa qismidagi «energetik hodisa» sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Portlash Karib dengizida sodir bo‘ldi va Florida shtatining bir qismidan ko‘rinib turdi.
AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) hodisa tufayli xavfsizlik yuzasidan yaqin atrofdagi aeroportlarga fuqarolik samolyotlari parvozlarini to‘xtatdi. Keyinchalik, taqiq olib tashlandi.
Starship qayta ishlatiladigan o‘ta og‘ir raketadir. U Super Heavy raketasi va Starship koinot kemasidan iborat. SpaceX tizimi kelajakda Oy va Marsga missiyalar uchun asos bo‘lishiga umid qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi
Jahon | 09:48
-
Avtomobil ta’miri xizmatiga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aytildi
O‘zbekiston | 09:20
-
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:03
-
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi
Jahon | 08:50
Mavzuga oid

19:19 / 25.06.2025
Crew Dragon kosmik kemasi tijorat ekipaji bilan XKSga uchib ketdi

09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi

22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi

23:30 / 04.05.2025