Estoniyada fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini butunlay tugatish taklif qilindi
Estoniyada 2024 yilda 60 mingga yaqin fuqaroligi bo‘lmagan shaxs istiqomat qilgan. 10-15 yildan keyin ularning sonini nolga tushirish rejalashtirilmoqda.

Foto: AP
Estoniyada yaqin 10-15 yil ichida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qolmasligi kerak. Bu haqda ta’lim vaziri va Eesti 200 partiyasi yetakchisi Kristina Kallas ma’lum qildi, deb xabar beradi ERR.
«Estoniyada tug‘ilgan va boshqa davlat fuqaroligi bo‘lmagan har bir bolaga eston pasportini berish kerak. Kattalarga keladigan bo‘lsak, eng og‘ir masala 60 yoshdan kattalarga taalluqli ekanini tushunaman. Ular bilan alohida ishlash lozim, qandaydir yechim bo‘lishi kerak. Ammo bugun 30-40 yosh atrofida bo‘lgan yoshlarni baribir eston pasportini olishga chaqiraman», — deydi vazir.
Kallasning ta’kidlashicha, bu Estoniya intilishi kerak bo‘lgan muhim tashabbus hisoblanadi.
ERR’ning qayd etishicha, 2024 yilda respublikada 60 mingga yaqin fuqaroligi bo‘lmagan shaxs istiqomat qilgan. Kallasning so‘zlariga ko‘ra, aholining ushbu toifasi Estoniya SSSR tarkibidan chiqqanidan keyin paydo bo‘lgan, ammo shundan beri hukumat «fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini qisqartirish uchun keraklicha choralarni ko‘rmagan».
Estoniya ichki ishlar vaziri Lauri Lyaenemets mazkur tashabbus qabul qilinsa, deportatsiyalar bo‘lmasligini aytib, fuqarolikni olish shartlarini soddalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. U, shuningdek, odamlarni eston pasportini olishga majburlash ular boshqa davlat fuqaroligini tanlashiga olib kelishi mumkinligidan xavotirini bildirdi.
Estoniya bosh vaziri Kristen Mixalning hisoblashicha, respublika aholisining o‘zi eston pasportini olishga harakat qilishi kerak.
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 18:46
-
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi
Jahon | 18:39
-
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston | 18:24
-
Rossiya «bufer zona» yaratish uchun Sumi oblastiga hujum qilmoqda. Bu amalga oshadimi?
Jahon | 17:33
Mavzuga oid

13:17 / 19.05.2025
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi

15:19 / 16.05.2025
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi

21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda

19:12 / 23.04.2025