Jahon | 19:12 / 23.04.2025
2107
2 daqiqa o‘qiladi

Estoniya Rossiya bilan chegara yaqinida harbiy baza quradi

​​​​​​​Ushbu baza Narva shahridan o‘rin oladi va u yerga 200-250 kishilik bo‘linma joylashtiriladi.

Foto: AP

Estoniya Mudofaa vazirligi Rossiya bilan chegarada joylashgan Narva shahrida harbiy baza qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general mayor Vaxur Karus ma’lum qildi.

«Biz shahar aholisiga Estoniya davlati bu yerda ekanini aniq ko‘rsatamiz. Narva aholisi harbiylar ularning kundalik hayotining bir qismiga aylanganiga ko‘nikib boradi va bu Narva Estoniyaning ajralmas qismi ekanini namoyish etadigan qadamga aylanadi», — deydi Karus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Narvaga 200-250 kishilik bo‘linma joylashtiriladi. Ular haqiqiy harbiy xizmatchilar, chaqiriluvchilar va zaxiradagilar bo‘ladi. Askarlar Estoniyaning boshqa shaharlaridan rotatsiya asosida bazaga yo‘naltiriladi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin NATO o‘zining mudofaa strategiyasini o‘zgartirishga qaror qilgan: oldinlari alyans tashkilotga a’zo davlat hududining vaqtincha egallanishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, endi blok hujumning birinchi kunidan o‘z hududining «har bir qarichini» himoya qilishga tayyorlanmoqda.

Avvalroq Estoniya prezidenti Alar Karis harbiylarga respublikaning muhim infratuzilmalari uchun tahdid uyg‘otadigan fuqarolik kemalariga hujum qilish huquqini beruvchi tuzatishlarni tasdiqlagandi. Shuningdek, mamlakat urush yuz bergudek bo‘lsa, Rossiya bilan chegarada minalar o‘rnatadi

Mavzuga oid