«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov
Markaziy Osiyoning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi pragmatik manfaatlarga asoslangan va mintaqa kimgadir yoqadimi-yo‘qmi, bu hamkorlikni davom ettiradi, dedi O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov. Avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Yevroittifoqni Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi kun tartibini ilgari surayotganlikda ayblagan edi.

Foto: Videodan kadr
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Ishonch.uz saytiga intervyu berdi. O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri intervyuda «Markaziy Osiyo+» formatidagi uchrashuvlar, xususan, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.
«Tarixda birinchi marta Markaziy Osiyo davlatlari yagona sub’yekt bo‘lib, o‘zlarining yangi mavqeyini namoyish qilyapti, bu mavqeni xalqaro hamjamiyat tan olyapti va mana shu asosda yangi formatlar paydo bo‘lyapti. Bugungi kunda «Markaziy Osiyo+» formatlarining soni o‘ndan oshdi. Yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mana shu format bor.
Yaqinda Samarqandda «Yevropa Ittifoqi + Markaziy Osiyo» sammiti juda samarali o‘tdi. Natijada strategik hamkorlik deklaratsiyasi qabul qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlarining siyosati – juda pragmatik siyosat. Mana, solishtirib ko‘ring, Markaziy Osiyo – beshta davlat, Yevropa Ittifoqi – 28 ta davlat. Yevropa Ittifoqining yalpi ichki mahsuloti taxminan 19 trillion dollar. Albatta, bizning pragmatik manfaatimiz bor. Ular bilan kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, biz, albatta, mana shu hamkorlikda davom etamiz. Bu birinchisi.
Ikkinchisi, Markaziy Osiyo haqida ko‘pincha ekspertlar, ko‘zga ko‘ringan siyosatchilar aytyaptiki, bu – boshqa davlatlarga namuna, model bo‘lishi mumkin. Qo‘shni davlatlar do‘stona aloqalarni o‘rnatib, yaxshi qo‘shnichilik tamoyili asosida yashashi mumkin, degan ma’noda», dedi Abdulaziz Komilov.
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo – strategik hamkorlar
Joriy yil 4 aprel kuni Samarqandda ikki mintaqa yetakchilari ishtirokida birinchi «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» sammiti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen va mintaqadagi 5 ta davlat prezidentlari qatnashdi.
Sammitda ikki mintaqa o‘zaro hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga ko‘targani e’lon qilindi. Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, moliyaviy kelishuv va yordamlar belgilandi. Xususan, Yevrokomissiya to‘rtta yo‘nalish uchun mintaqaga jami 12 mlrd yevro, Transkaspiy koridorini rivojlantirishga 10 mlrd yevro ajratildi.
Shundan so‘ng, oradan 2 hafta o‘tib – 24 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Samarqandga keldi. U tashrifining yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqini Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi kun tartibini ilgari surayotganlikda aybladi.
«Ayniqsa, Yevropa Ittifoqi a’zolari, Yevropa Komissiyasining Bryusseldagi rahbariyati alohida ajralib turibdi, ular mintaqada o‘z kun tartibini ochiqchasiga antirossiya tarafkashligi bilan olg‘a siljitishga harakat qilmoqda. Biz ittifoqchilarimiz va strategik hamkorlarimizning ko‘p vektorli siyosat olib borishiga qarshi emasmiz. Biz o‘zimiz hamisha barcha geosiyosiy va geografik sohalarda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishishdan manfaatdormiz. Lekin Markaziy Osiyoning ayrim hamkorlari, birinchi navbatda, G‘arb davlatlari Markaziy Osiyo davlatlarining hukumat tuzilmalariga, jumladan, chegara, statistika va bojxona ishi kabi nozik sohalarga ko‘proq kirib borishga qaratilgan dasturlarga mablag‘ ajratish orqali o‘zaro manfaatli loyihalarni taklif qilib qolmay, o‘z manfaatlarini ilgari surishga harakat qilmoqda», — degan edi Rossiya TIV rahbari.
Shuningdek, Lavrov Yevroittifoq va AQShning Markaziy Osiyodagi hamkorlik siyosatiga «ideologik yoki siyosiy bosimlar aralashishiga qat’iy qarshi» ekanini ta’kidlagan edi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

01:30
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV

12:11 / 20.06.2025
YeIning qator davlatlari Isroil aholi punktlari bilan savdo qilmaslikni talab etmoqda

22:13 / 18.06.2025
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?

18:33 / 18.06.2025