Sahroda sabzavot yetishtirish uchun dunyodagi birinchi shishiriladigan ferma taqdim etildi
Iordaniya kompaniyasi ishlab chiqqan ferma suv sarfini 99 foizga kamaytiradi.

Foto: Midbar
Iordaniyaning AirFarm kompaniyasi CES 2025 ko‘rgazmasida noyob shishiriladigan fermani namoyish etdi. Unda sabzavotlarni minimal resurslar bilan o‘stirish uchun aeroponikadan foydalaniladi. Yangi yondashuv suv sarfini 99 foizga kamaytirish imkonini beradi, shu sababli loyiha quruq hududlar va sahrolar uchun ayni muddao.
Texnologiyaning asosini mikrotumanli aeropon tizimi tashkil etadi, bu tizim oziq moddalarni bevosita o‘simlik ildizlariga yetkazib beradi. U gidroponika usullariga nisbatan suv sarfini 90 foizga, o‘g‘it sarfini 60 foizga kamaytiradi va pestitsidlar talab qilmaydi.
U yerda turli ekinlarni yetishtirishi mumkin — bargli ko‘katlardan kartoshka va sabzi kabi ildizmevalargacha. Mobil ilova bilan birlashtirilgan aqlli nazorat tizimi asosiy ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida kuzatishga yordam beradi: pH darajasi, harorat, namlik va bug‘ bosimi. Natijada fermani yangi boshlaganlar uchun ham ish oson va qulay bo‘ladi.
AirFarm shishiriladigan modullari an’anaviy konteyner fermalaridan 75 foiz yengilroq bo‘lib, ularni o‘rnatishga atigi yarim kun ketadi. Ular tashishga qulay qilib ishlangan: 10 ta shunday modul standart konteynerga sig‘adi, bu esa ularni olis hududlarga yetkazib berishni ancha osonlashtiradi.
3 va 6 metrli ikki xil o‘lchamdagi modullar mavjud, ularni ta’lim maqsadlari, ilmiy tadqiqotlar yoki tijorat fermerchiligi uchun moslashtirish mumkin. Masalan, Birlashgan Arab Amirliklarida AirFarm allaqachon maktab tushliklariga sabzavot yetishtirish uchun qo‘llanmoqda, Yaponiyada esa ta’lim loyihalarida foydalanilmoqda.
“Biz o‘simliklar uchun muhitni maqbullashtirish maqsadida nano-iqlim nazorati texnologiyasidan foydalanamiz, shuningdek, chiqindilarni quritish uchun issiqlikni to‘playmiz. Maqsadimiz chiqindisiz ferma yaratish”, — dedi AirFarm boshqaruvchisi Jyenna Kim.
Konstruksiyaning samaradorligi suv tanqisligi mavjud hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash imkoniyatini beradi. “Kam energiya sarflaydigan, ammo yuqori unumdorlikka ega tizim yaratishga intilyapmiz”, — deb ta’kidladi Kim.
Kompaniya rejasiga ko‘ra, yil oxirigacha loyihani kengaytirish va Yaqin Sharqdagi yirik agronomlar uchun bir nechta vertikal ko‘p qavatli fermalar qurish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Sport | 22:02 / 08.06.2025
-
Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi
Jahon | 21:49 / 08.06.2025
-
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy
Jahon | 21:39 / 08.06.2025
-
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi
Jahon | 21:04 / 08.06.2025
Mavzuga oid

19:01 / 03.06.2025
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Iordaniya podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

16:21 / 29.05.2025
O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

10:29 / 29.03.2025