Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Iordaniya podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Iordaniya podshohi Abdulloh II bin al-Husayn yangi tayinlangan elchi Nodirjon Turg‘unovga muvaffaqiyatlar tiladi.

Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat podshohi Abdulloh II bin al-Husaynga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Ammon shahridagi Basman qasrida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan keyingi muloqot avvalida Nodirjon Turg‘unov O‘zbekiston prezidentining Iordaniya podshohiga yo‘llangan salomlarini yetkazdi.
Podshoh Abdulloh II bin al-Husayn O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik izhor etib, yangi tayinlangan elchiga muvaffaqiyatlar tiladi hamda ikki qardosh yurtni bog‘lab turuvchi tarixiy rishtalarni yanada mustahkamlash va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga umid bildirdi.
Shuningdek, Iordaniya tomonining elchi faoliyatida mazkur do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida har qanday ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993 yil 15 fevralda o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nodirjon Turg‘unov 28 may kuni ushbu mamlakat Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarnaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
Mavzuga oid

13:58 / 12.07.2025
O‘zbekistonda "Eng namunali "yashil" turizm obekti" tanlovi o‘tkaziladi

12:14 / 23.06.2025
Iordaniyadan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda

00:40 / 21.06.2025
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi

16:21 / 29.05.2025