Jamiyat | 12:14 / 23.06.2025
1594
2 daqiqa o‘qiladi

Iordaniyadan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda

Isroildagi elchixona chegaradan o‘tishda amaldagi xorijga chiqish pasporti va boshqa zarur hujjatlar bo‘lishi lozimligini eslatdi.

Air Khiva aviakompaniyasi tomonidan Iordaniyaning Akaba shahridan Toshkentga charter reysi tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabariga ko‘ra, reys raqami: FKH9902. Akaba shahridan uchish: 2025 yil 24 iyun, soat 19:10, Toshkentga yetib kelish: 2025 yil 25 iyun, soat 02:40 (Toshkent vaqti bilan).

Chegaradan o‘tish paytida amaldagi xorijga chiqish pasporti va barcha zarur hujjatlar bo‘lishi lozim.

Reys Isroilning Asia Travel turistik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Aviachiptalarni xarid qilish, Iordaniya vizasini olish va Tel-Avivdan Iordaniya chegarasigacha transfer xizmatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +972 53-556-5254 (Eli) – WhatsApp orqali ham aloqa qilish mumkin

Reys vaqti aviakompaniya va mahalliy hokimiyatlar ko‘rsatmalariga binoan o‘zgarishi mumkin.

Avvalroq  O‘zbekiston TIV o‘zbekistonliklardan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishni, ushbu mamlakatlardagi vatandoshlardan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketishlarini so‘ragandi.

Mavzuga oid