Britaniya sudi Apple kompaniyasiga qarshi 1,5 mlrd funtlik da’voni ko‘rib chiqadi
Da’vogarlar kompaniyani bozordagi mavqeini suiiste’mol qilganlikda va App Store orqali yuklab olingan dasturiy ta’minot uchun iste’molchilaridan «juda qimmat va adolatsiz» to‘lovlarni undirganlikda ayblamoqda.

Foto: Tada Images / Shutterstock
13 yanvar kuni Londonning raqobat bo‘yicha apellyatsiya sudi millionlab britaniyalik iste’molchilar nomidan Apple kompaniyasiga qarshi qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rishni boshlaydi, deb xabar berdi FT.
Da’vogarlar kompaniyani bozordagi mavqeini suiiste’mol qilganlikda va App Store orqali yuklab olingan dasturiy ta’minot uchun iste’molchilaridan «juda qimmat va adolatsiz» to‘lovlarni undirganlikda ayblamoqda. Da’vogarlar kompaniyadan 1,5 milliard funt tovon puli talab qilyapti.
Da’vo arizasida aytilishicha, Apple kompaniyasi iPhone va iPad uchun dastur ishlab chiqaruvchilarni o‘z dasturiy ta’minotini faqat App Store orqali sotishga majburlab, monopoliya yaratgan. Kompaniya sotuvdan 30 foizgacha ustama oladi. Xarajatlar, da’vogarlarning aytishicha, iste’molchilar gardaniga tushadi. Qayd qilinishicha, agar dasturiy ta’minot raqobatchi do‘konlar orqali sotilganida ustama ancha past bo‘lar edi.
Apple da’voni «asossiz» deb hisoblaydi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ustama odatda boshqa ilovalar do‘konlari oladigan qiymatga mos keladi.
Noyabr oyida Buyuk Britaniyada Apple kompaniyasiga qarshi yana bir sud jarayoni boshlandi. Da’vogarlar kompaniyani iCloud bulutli xizmatiga obuna sotib olishga majburlaganlikda ayblamoqda. Ushbu da’voda talab qilingan tovon 3 milliard funt sterlingni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

20:10 / 27.06.2025
Britaniya ukrainalik qochoqlarga boshpana berishni rad etmoqda

16:50 / 26.06.2025
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi

08:37 / 26.06.2025
Britaniya muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga 350 ta raketa yuboradi

21:48 / 25.06.2025